23-modda. Yer kadastriga doir axborot
Yer kadastriga doir axborotlar erni ro‘yxatga olish, erni hisobga olish va yer bahosiga oid axborotlar majmuini tashkil etadi hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yer kadastriga doir axborotni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2791, 24.05.2016-y.).
Yerlardan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qo‘yish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini belgilash, yer tuzish ishlarini bajarish, xo‘jalik faoliyatiga baho berish hamda yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida davlat yer kadastri ma’lumotlaridan foydalanilishi shart.
Yer kadastriga doir axborot davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tekinga taqdim etiladi, yuridik va jismoniy shaxslarga esa haq evaziga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastriga doir axborotdan foydalanuvchilar bunday axborotni qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda yoki shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik va jismoniy shaxslar yer kadastriga doir axborot ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sirini saqlash maqsadida qonunchilikda yer kadastriga doir axborotlar olishni cheklaydigan yoki taqiqlaydigan hollar nazarda tutilishi mumkin.
(23-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |