24-modda. Yer kadastriga doir axborot tizimi
Yer kadastriga doir axborot tizimi — yer resurslari to‘g‘risidagi fazoviy-muvofiqlashtirilgan ma’lumotlarni to‘plash, ular ustida ishlash, ularni aks ettirish va tarqatishni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan jo‘g‘rofiy axborot tizimidir.
Yer kadastriga doir axborot tizimi yer resurslarini ro‘yxatga olish, baholash, ularning istiqbolini belgilash va ulardan foydalanishni boshqarishning ilmiy hamda amaliy vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan.
Yer kadastriga doir axborot tizimi: mo‘ljallanishi bo‘yicha — ko‘p maqsadli va maxsus; hududni qamrab olishi bo‘yicha — lokal, mintaqa va respublika tizimiga bo‘linadi.
25-modda. Davlat yer kadastrini yuritishni moliyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish borasidagi ishlar davlat budjetidan, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olganlik uchun undiriladigan mablag‘lar va qonunchilik bilan man etilmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalanadi.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 68-moddasiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
666-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 51-son, 514-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |