Mavzu: Davlat yer kadastrini to'g'risidagi normative-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyati Reja


-modda. Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi


Download 70.66 Kb.
bet3/14
Sana15.06.2023
Hajmi70.66 Kb.
#1482978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davlat yer kadastrini to\'g\'risidagi normative-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyati

5-modda. Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati mahalliy organlari va maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yer resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish;
moliyalash va investitsiyalash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va masalalarni hal etish;
yer resurslarining holati to‘g‘risidagi har yilgi milliy hisobotni tasdiqlash;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning II-bo‘limiga (Davlat yer kadastrining mazmuni), Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(6-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 70.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling