10-modda. Davlat yer kadastrini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika tadqiqotlarini va boshqa tadqiqotlarni hamda izlanishlarni o‘tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatidan hisobga olish hamda baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ta’minlanadi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Davlat yer kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat yer kadastrini yuritish quyidagi yo‘l bilan amalga oshiriladi:
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish;
kadastrga oid suratga olish;
yer uchastkalarining egalaridan, ulardan foydalanuvchilardan, ijarachilardan va yer uchastkalarining mulkdorlaridan ma’lumotlar olish, ularning to‘g‘riligini tekshirish, yer kadastriga doir hujjatlarga joriy o‘zgartishlar kiritish.
Davlat yer kadastrini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlar;
erlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Do'stlaringiz bilan baham: |