Mavzu: Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash siyosati


Download 15.13 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi15.13 Kb.
#1543543
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni-fayllar.org

Mulkchilik to‘g‘risidagi masalani hal etish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari butun tizimining negizi hisoblanadi. Respublikada mulkchilik shakllarining teng huquqliligi konstitutsiyaviy tartibda e’tirof etilgan, mulkdorning huquqi qonun bilan e’tirof etiladi va muhofaza qilinadi. Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning yuridik va tashkiliy zamini yaratildi, uning samarali mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.


  • Mulkchilik to‘g‘risidagi masalani hal etish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari butun tizimining negizi hisoblanadi. Respublikada mulkchilik shakllarining teng huquqliligi konstitutsiyaviy tartibda e’tirof etilgan, mulkdorning huquqi qonun bilan e’tirof etiladi va muhofaza qilinadi. Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning yuridik va tashkiliy zamini yaratildi, uning samarali mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.

  • Iqtisodiyotning turli sohalarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy erkinligi maqomi va huquqini belgilovchi qonunlar, iqtisodiy jihatdan erkin korxonalar va fuqarolarning soliqlar tizimi orqali davlat bilan o‘zaro munosabatlari, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning garov bo‘yicha huquqi va bankrot bo‘lganini qonuniy e’tirof etish mexanizmi qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatini tartibga solib borishni, aksionerlar huquqlarini muhofaza qilishni ta’minlovchi, birja va auditorlik faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik me’yorlari belgilandi.

Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi, fond bozorining bozor infratuzilmasini yaratish sarmoyaning erkin oqib kelishi jarayonini boshlab berdi va ushbu korxonalarni ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash strategiyasini o‘tkazishga yo‘naltirish imkonini beruvchi iqtisodiy sharoitlarni, kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minladi,


Keng aholi ommasida xo‘jayinlik, mulkdorlik hissining paydo bo‘la boshlagani va rivojlangani, kichik va xususiy korxonalar, ko‘chmas mulk, yer uchastkalari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, xullas, daromad keltiruvchi mulk egalari o‘rta qatlamining shakllangani iqtisodiy islohotlarning eng muhim yakunlaridan biri bo‘ldi.

Download 15.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling