Mavzu: Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash siyosati


Download 15.13 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi15.13 Kb.
#1543543
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni-fayllar.org


Mavzu: Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash siyosati

Mavzu: Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash siyosati

Tayyorladi: 9-1 IQTS-20 guruh talabasi

Bafoyeva Nilufar Nodir qizi

Reja:


  • 1. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash - ustuvor vazifa

  • 2. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturining asosiy yo‘nalishlari

  • 3. Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari

  • 4. Kichik biznes – iqtisodiyotning qon tomiri

Hozirgi vaqtda, O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi manfaatlaridan kelib chiqib, ushbu maqsadni ko‘zlab, mustahkam moddiy-iqtisodiy bazani yaratgan holda, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, baquvvat va uzluksiz rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etish davom etmoqda.

Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar davomida iqtisodiy munosabatlarda, eng avvalo, mulkchilikka bo‘lgan munosabatda tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Respublikada xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha ilgari qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot aniq qaror topdi, iqtisodiyotning nodavlat sektori mustahkamlandi va faol rol o‘ynay boshladi.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xususiylashtirishdan keyingi davrda xususiylashtirilgan korxonalarning unumli ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor beriladi:

Birinchi yo‘nalish — huquqiy.


Ikkinchi yo‘nalish — moliyaviy.
Uchinchi yo‘nalish — ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kafolatlar.
To‘rtinchi yo‘nalish — uslubiy yordam ko‘rsatish.
Beshinchi yo‘nalish —korxonalarda boshqaruv xodimlari ish samaradorligini quyidagi yo‘llar bilan oshirish.

Raqobat muhitini shakllantirishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

xo‘jalik majmuilari: savdo, qurilish, sanoat va transportning yirik korxonalarini monopoliyadan chiqarish bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlarni amalga oshirish;


korxonalarni xususiylashtirishda ular faoliyatining raqobatdoshliligini va samaraliligini oshirish maqsadida bozor tuzilmasi hisobini olish;
O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida samarali raqobatlashish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
tadbirkorlikni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida tovarlar, xizmatlar va sarmoyalarning erkin yurishi uchun iqtisodiy hamda ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish;
bozorlarga yangi raqobatlashuvchi tuzilmalarning kirib kelishi uchun moliya-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy to‘siqlarni kamaytirish.

Download 15.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling