Mavzu: Davlatning iqtisodiyotga tasir qilish usullari va vositalari Mundarija Kirish
Davlatning iqtisodiyotga ta`sir qilish usullari
Download 109.5 Kb.
|
Davlatning iqtisodiyotga tasir qilish usullari va vositalari
4. Davlatning iqtisodiyotga ta`sir qilish usullari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: bevosita ta`sir qilish usullari; bilvosita ta`sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy usullar. Markazdan boshqarish tartibi ustun bwlgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta`sir qilish usullari ustun bwlsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog`langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta ywl orqali shakllanadi: 1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog`ozlar bilan tovon twlash orqali mulkni milliylashtirish; 2) davlat byudjeti mablag`lari hisobiga yangi korxonalar, ba`zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish; 3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Hozirda swnggi uchinchi ywl ustun ravishda amal qilmoqda. Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi. Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma`muriy vositalardan foydalanadi. Ma`muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni wz ichiga oladi. Tartibga solishning ma`muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini twg`ridan-twg`ri tartibga solish kwzda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta`sir qilish tadbirlari kam samarali bwlib, ma`muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida kwrsatish mumkin: a) iqtisodiyotning ayrim bwg`inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida wziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma`lum doirada amal qilib, kwpincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bwlmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma`lum sharoitlarda iqtisodiy wsish uchun zarur bwlsa, ikkinchi tomondan vaqt wtishi bilan samarasiz bwlib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob`ektiga aylantiriladi. Respublikada «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini-funktsiyalarini qisqartirish uning korxonalar xwjalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash» hisoblanadi; b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qwyish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma`lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyatsion tadbirlar orqali inflyatsiya darajasini pasayishi investitsiyalarga rag`bat beradi; v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini kwradi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta`minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam kwrsatadi; g) iqtisodiy sohani tartibga solishni kwzda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik twg`risidagi, bank sohalari, qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni kwzda tutuvchi qonunlar). Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun ywli bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta`minlanadi, monopoliyalarga ywl berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida wz ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bwladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini wrnatish va wzgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog`ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va twlash). Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan ywnalishda wzgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini wzgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bwlgan talab va taklifni markaziy bank orqali quyidagi ywllar bilan wzgartiradi. Birinchidan, davlat markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag`larining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini wzgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori wzgaradi, ya`ni uning taklifi oshsa, foiz kamayadi, aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy wsishni rag`batlantiradi. Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy wsishiga ta`sir qilishini ta`minlaydi. Uchinchidan, davlat markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, wz obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog`ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul miqdori wzgarib, bu foizga ta`sir etadi. Davlatning pulga bwlgan talab va taklifini wzgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini wzgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag`larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xwjalik sub`eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta`sir kwrsatishda xam keng foydalaniladi. Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq twlashda berilgan imtiyozlarga bog`liq bwladi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bwladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol` wynaydi. U hozirgi sharoitda jamg`arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy wzgarishlarni rag`batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy tsikli va bandlikka ta`sir kwrsatuvchi muhim dastak hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qwyilmalari muhim rol` wynaydi. Jumladan, bozor kon`yunkturasi yomonlashgan, turg`unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qwyilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda wsadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning wsishiga qarshi turishga harakat qiladi. Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi wzgarishlarda ham sezilarli wringa ega bwladi, masalan, davlat xususiy kapitalining oqib kelishi etarli bwlmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi ob`ektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta`sir kwrsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital qwyilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol` wynaydi. Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib kwrsatish mumkin: davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi; ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag`batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta`minlash; investitsiya jarayoni va iqtisodiy wsishni davlat tomonidan tartibga solish; ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta`sir kwrsatish; qishloq xwjaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar wrta muddatli, favquloddagi va maqsadli bwlishi mumkin. Wrta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig`iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bwladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob`ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil ywnalishlari bwlishi mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xwjalik aloqalariga bevosita ta`sir kwrsatiladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag`batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj twlovlarini wzgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bwyicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir. Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga wz ta`sirini kwrsatadi. Xulosa Ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga wtish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida wzini-wzi tartibga solish orqali bajarish mumkin bwlmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bwlmaydigan vazifalarni wz zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste`molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste`molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta`minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g`amxwrlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat kwrsatish va shu kabilarni wz zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy wsishni rag`batlantirish vazifasini ham wz zimmasiga olishi orqali izohlanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda jamiyat a`zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta`minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga ywnaltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bwyicha davlatning faoliyati tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi, ya`ni: bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug`diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta`minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya`ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy wsishni rag`batlantirish. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta`sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita ta`sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini twg`ridan-twg`ri, ma`muriy tartibga solish kwzda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bwg`inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qwyish siyosati; ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni kwzda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida wz ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bwladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini wrnatish va wzgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog`ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va twlash). Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini wzgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling