Mavzu; Davlatning makroiqtisodiy siyosati


Download 37.09 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi37.09 Kb.
#1544630
1   2
Bog'liq
akhmedov shojahon

xususiy hollari (tarkibiy qismi) sifatida kiritiladi.
Davlatning makroiqtisodiy siyosati har doim milliy bo‘ladi, mamlakat rivojining ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi. Siyosatda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy konyunkturaning milliy iqtisodiyotga nechog‘lik ta’sir etishi, unda kutilayotgan o‘zgarishlar mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatning qandayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan ta’minlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlar bergan natija ham hisobga olinadi.
Makroiqtisodiy siyosat davlat rahbarlarining irodasi va qat’iatligiga va yetilgan iqtisodiy muammolarni naqadar idrok etishlariga ham bog‘liq bo‘ladi. U milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar:

  1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Bu yalpi ichki mahsulotning bir maromda va yetarli sur’atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki YaIM qanchalik tez o‘ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik oshadi.

  2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash, uning chet elga qaram bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Iqtisodiyot qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik milliy manfaatlarga ko‘proq xizmat qiladi.

  3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy aylanmaning uzluksizligini, ya’ni takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildiradi.

  4. Milliy pul qadr-qimmatining barqarorligini ta’minlash, mamlakatdagi pul muomalasining me’yorida borishiga erishish, pulni iqtisodiy aloqalarning muntazam ishlab turuvchi vositasiga aylantirish.

  5. Aholi turmush farovonligini oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashish.

  6. Milliy iqtisodiyotni xalqaro integratsion jarayonlar va globallashuvda faol ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishi, baynalminal iqtisodiy munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish.

Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq kelajakda o‘sib borishiga sharoit hozirlash.
Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga mo‘ljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq, uning qisqa vaqtdagi taktik, ya’ni juz’iy maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Juz’iy maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat qiladi.


  1. Xulosa

Makroiqtisodiy siyosat deganda davlat tomonidan iqtisodiyot- ning asosiy umumiy vazifalarini belgilash va bu vazifalarni amalga oshirishning zarur vositalaridan foydalanish borasidagi chora- tadbirlari tushuniladi.
Makroiqtisodiy siyosatning asosiy tiplari sifatida budjet-soliq va pul-kredit siyosati o‘zaro farqlanadi.
Investitsiya siyosati, tarkibiy siyosat, ijtimoiy siyosat, tashqi savdo siyosati va valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosat ko‘rinishlariga budjet-soliq va pul-kredit siyosatining xususiy hollari (tarkibiy qismi) sifatida kiritiladi.
Davlatning makroiqtisodiy siyosati har doim milliy bo‘ladi, mamlakat rivojining ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi. Siyosatda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy konyunkturaning milliy iqtisodiyotga nechog‘lik ta’sir etishi, unda kutilayotgan o‘zgarishlar mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatning qandayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan ta’minlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlar bergan natija ham hisobga olinadi.



  1. Foydalangan adabiyotlar

  1. Halperin V.M., Grebennikov P.I., Leusskiy A.I., Tarasevich L.S. Makroiqtisodiyot. S.-Pb. Ed. Iqtisodiyot maktabi.

  2. ASQAROVA MAVLUDA TURABOVNA, ZAXIDOV G‘OFURJON ERKINOVICH, JAMOLOV JO‘RABEK JAMOLOVICH “MAKROIQTISODIY SIYOSAT”

  3. Blaug, Mark (2002). "Endogen o'sish nazariyasi". Snoudonda Brayan; Veyn, Xovard (tahrir). Makroiqtisodiyot ensiklopediyasi.

Ijtimoiy tarmoqlar:
www.fayllar.org
www.arxiv.uz
Download 37.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling