Mavzu: Davlatning moliyaviy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari. Reja: Kirish


Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari


Download 62.91 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi62.91 Kb.
#1570421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
artikov s

Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.
1 Moliya mexanizmining mazmuni.

Moliyaviy siyosatni amalga oshirish hamda uni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq qilish uchun moliya mexanizmidan foydalaniladi. U jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlarni tashkil etish uslublari yig‘indisini tashkil qiladi. Moliya mexanizmi o‘z tarkibiga moliya munosabatlarini tashkil etish turlari, shakllari va usullarini, ularni miqdoriy aniqlash uslublarini oladi.


Mohiyati jihatidan moliya mexanizmi - taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni taominlovchi shakl va usullar yig‘indisidan iboratdir.
Moliya mexanizmining tarkibi ancha murakkab bo‘lib, unga turli moliyaviy munosabatlarga xos elementlar kiradi. Aynan moliyaviy o‘zaro aloqalarning ko‘pligi ularni tashkil etishning turlari, shakllari va usullarini (moliya mexanizmi elementlarini) ko‘p miqdorda qo‘llashni taqazo etadi.
Davlat o‘zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari yordamida iqtisodiy qonunlar taosirini chuqur o‘rganish, moliyaning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini o‘rganish asosida ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini o‘rnatadi, pul jamg‘armalarining shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yo`nalishlari va tamoyillarini ishlab chiqadi va b.
Moliya mexanizmi direktiv (ma’muriy) va tartibga soluvchi mexanizmlarga bo‘linadi.
Direktiv (ma’muriy) moliya mexanizmi – davlat ishtirok etadigan moliya munosabatlari: soliqlar, davlat krediti, budjet xarajatlari, budjetdan moliyalashtirish, budjet qurilmasi va budjet jarayonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishning barcha tizimlarini batafsil ishlab chiqilishini nazarda tutadi.
Bir qator holatlarda boshqa, ya’ni butun moliya siyosatini amalga oshirilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan (korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya munosabatalariga yoki bunday munosabat tomonilaridan biri – davlatning vakili bo‘lganda (davlat korxonalari moliyasi) ham tadbiq etiladi.
Tartibga soluvchi moliya mexanizmi davlat manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydigan moliya munosabatlarida qo‘llaniladi va faqatgina asosiy qoidalarni o‘rnatilishini nazarda tutadi. Moliya mexanizmining bunday xilma-xilligi xususiy korxonalarda ichki xo‘jalik moliya munosabatlarini tashkil qilish uchun xarakterlidir.
Bu holatda davlat moliya resurslaridan foydalanishning umumiy tartiblarini o‘rnatadi.
Moliyaviy mexanizmlar va moliyaviy munosabatlarni ishlash uchun pul tovarining mavjudligi va uni aylanma harakati muhim rol o’ynaydi. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi to’xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlanib qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Milliy pul birligi (so’m, dollar, yena, marka va x.q.);
2. Naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3. Pul emissiyasi, ya‘ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4. Pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi.
Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, vekselllar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi.
Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi (naqd va kredit pullari) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Pul miqdoriga ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga quyidagicha ta‘rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to’g’ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.
Oltin va qog’oz pul muomalasi qonunlarining o’ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan,
1. Oltin pul muomalada bo’lganda:
a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinadi va har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;
b) tovarlar hajmi ko’payib, muomala uchun qo’shimcha pul zarur bo’lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo’l bilan muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdori o’z-o’zidan tartiblanadi.
2. Muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o’z qiymatiga nisbatan esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi:
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o’zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo’lsa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ham shunga kam bo’ladi, agar tovarlar qiymati o’zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko’payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o’zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o’z qiymatiga qarab o’zgaradi, ya‘ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko’payadi.
Qog’oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Qog’oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomalaga uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo’ladi.
2. Qog’oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomalaga uchun zarur bo’lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog’oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda umumiy pul massasining 9-10 fozni, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mustaqil hamdo’stlik davlatlarida 35-40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag’lariga bo’lgan talab va pul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi ko’p jihatdan inflyatsiya jarayonlariga ham ta‘sir ko’rsatadi. “Inflyatsiya” atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.
Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog’liq holda qog’oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Inflyatsiya – bu qog’oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishidir.
Qog’oz pul tovarlarga, oltinga va xorijiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanadi. Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, iste‘molchilik tovarlariga narx indeksi 2008 yilda 113,6; 2009 yilda 118,3ga teng bo’lsa, inflyatsiya sur‘ati qo’yidagicha bo’ladi:
Inflyatsiya sur‘ati = 118,3 – 113,6 x 100% = 4,1%
113,6
Kelib chiqish sabablari va o’sish sur‘atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlari mavjud.
Talab inflyatsiyasi – iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmining ko’paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi, chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
Taklif inflyatsiyasi – bu inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.
Inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud: urmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, jadal inflyatsiyada 20dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o’sishi ko’zatiladi.

Download 62.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling