Mavzu: Davlatning moliyaviy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari. Reja: Kirish
Download 62.91 Kb.
|
artikov s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya mexanizmining tarkibi va tuzilishi. 1. Moliya mexanizmining mazmuni. 2. Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Mavzu: Davlatning moliyaviy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari. REJA: Kirish. Moliya siyosatining mohiyati va vazifalari. 1. Moliya siyosatining bo‘g‘inlari. 2. O‘zbekiston Respublikasi moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Moliya mexanizmining tarkibi va tuzilishi. 1. Moliya mexanizmining mazmuni. 2. Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish. Mavzuning dolzarbligi: Ma’lum mamlakatning moliya siyosatii qator omillarga: tarixiy shart-sharoitlar, iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar, ularga erishish muddatlari va hattoki milliy qadriyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy hayotning evolyutsion rivojlanishi va davlat tuzumining barqarorlik davrida davlatning ichki va tashqi moliya siyosatii mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolish va o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Inqilobiy o‘zgarishlar davrida mavjud tuzumni tezroq o‘zgartirishdan manfaatdor siyosiy kuchlar uni buzish va yangi ijtimoiy munosabatlar tizimini shakllantirishga yo‘naltirilgan siyosat olib boradilar. Moliya siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisi. Moliya siyosatining muhim vazifasi - u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lash mumkin emas. Moliya siyosati - bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy yoki xalqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir. Moliya siyosati quyidagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim; ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish. Moliya siyosatining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o‘tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi xissasini to‘g‘ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo‘llari bilan bajariladi; uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish. Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim. Download 62.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling