Mavzu: Davlatning moliyaviy tizimida kriptovalyutalardan foydalanish istiqbollari va xavflari


Download 7.53 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi7.53 Kb.
#1306450
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Davlatning moliyaviy tizimida kriptovalyutalardan foydala-fayllar.org

Blockcheyn texnologiyasi - bu shakllanayotgan tranzaktsiyalar bloklaridan iborat ma'lum qoidalarga muvofiq qurilgan zanjirdir. Barcha bloklar bitta zanjirga - blokcheynga (inglizcha block - blok, chain - zanjir) bog'lanadi. Ko'pincha bloklar zanjirining nusxalari tranzaktsiyalarda qatnashadigan barcha kompyuterlarda saqlanadi. Blokcheyn reestr sifatida ishlatilishi mumkin va unga istalgan tarmoqdan foydalanuvchi kirishi mumkin.

Kriptovalyutalarning asosiy xususiyatlari ularni kalbakilashtirishning va o'g'irlash imkonsizligi, umumiy emissiya markazi yo'qligi, tashqi tartibra solish yo'qlig'i va boshqalardan iborat bo’lib, ular ishonchli, foydalanish qulay, tranzaktsiya xarajatlari minimalligi bilan ajralib turadi. Kriptovalyutalar qiymati faqatgina undan foydalanuvchilar kutadigan natijalarga bog’liq bo’lib, u ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi. Shu hisobdan u an’anaviy valyuta funtsiyalarni o’zida mujassam etmaydi.

Rasmiy ravishda kriptovalyutalarni tan olgan va uni tartibga solish bo'yicha qonuniy qoidalarni ishlab chiqayotgan mamlakatlarga Avstraliya, Belorusiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Norvegiya, Rossiya, Singapur, Skandinaviya davlatlari, AQSh, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kiradi. Kriptovalyutalarni noqonuniy deb hisoblaydigan va undan foydalanishni taqiqlagan mamlakatlar Jazoir, Bangladesh, Boliviya, Vetnam, Indoneziya, Islandiya, Qirg'iziston, Livan, Nepal, Ekvador. Boshqa mamlakatlar bu masalada betarafdir, ularning hukumatlari ortiqcha aralashmaydi, lekin ular ham kriptovalyutalardan foydalanishni taqiqlamaydilar.

Kripto-valyutani rivojlantirish istiqbollari quyidacha qisqacha ifodalanishi mumkin: oddiy odamlarning hayotiga bosqichma-bosqich elektron pullar kirib boradi; markazlashmagan tizimlar banklarning o'rnini bosmaydi, balki bir-birini to'ldiradi; xavfsizlikni yaxshilash uchun ba'zi boyliklarni qurbon qilishingiz kerak bo'ladi; kelgusi yillarda barqaror vaziyatni kutishning hojati yo'q.Tez orada to'lov vositasi sifatida kriptovalyutalardan bundanda ko’proq odamlar foydalanishi mumkin. Ushbu istiqbol kun sayin tobora real voqelikka aylanib bormoqda va dunyoning turli mamlakatlaridagi siyosiy va bank tizimlarining qiziqishi tobora ortib bormoqda.


Download 7.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling