Mavzu: Davlatning moliyaviy tizimida kriptovalyutalardan foydalanish istiqbollari va xavflari


Download 7.53 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi7.53 Kb.
#1306450
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Davlatning moliyaviy tizimida kriptovalyutalardan foydala-fayllar.org

Kripto-valyutaning doimiy ravishda o'sib boruvchi kursi odamlarni kriptovalyutani to'plashga undaydi, unda pul ishlashga umid qildiradi. Spekulyativ foyda olish imkoniyati investorlarni real sektordan chalg'itadi.Yana bir muammo - bu kripto-valyutalarning o'zgaruvchanligi. Har bir o'sishdan keyin kursning qulashi kuzatiladi, unchalik kuchli bo’lmasada, ammo baribir sezialrli qulash bo’ladi. Haqiqiy iqtisodiyotda bunday o'zgaruvchan kursga ega valyutadan foydalanishda muammolar mavjud bo’ladi.

Uchinchi muammo - qurollanish poygasi. Kripto-valyutani chiqaradigan har bir emitent o'z jihozlarining kuchini oshirishga harakat qiladi. Qurollanish poygasi xarajatlari emissiya hisobiga qoplanadi, ammo vaqt o'tishi bilan kripto-valyutalarning qazib olingan birliklari soni muqarrar ravishda kamayadi va keyinchalik tranzaksiya to'lovlarini to'laydiganlar uskunalar narxini qoplashlari kerak bo’ladi, yoki kripto-valyutaning narxi juda ham ko'tariladi.

To'rtinchi muammo - energiya sarfi. Bitkoin qazib olish qimmat va ko’p energiya sarf qiladigan kompyuter uskunalarini talab qiladi. Har yili bitkoin qazib olishga 73,1 teravatt-soat sarflanadi, bu butun dunyo bo'ylab elektr energiyasining 0,33 foizini tashkil etadi.Beshinchi muammo - Kriptovalyutalar qiymati faqatgina undan foydalanuvchilar kutadigan natijalarga bog’liq bo’lib, u ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi. Shu hisobdan u an’anaviy valyuta funtsiyalarni o’zida mujassam etmaydi.

Bugungi kunda Bitcoinni qazib olish uchun sarflanadigan umumiy energiya AQSh tomonidan iste'mol qilinadigan energiyaning 1,8 foizini, Rossiyaning 7,5 foizini, Buyuk Britaniyaning 22,1 foizini va Chexiyaning 107,1 foizini tashkil etadi. Agar barcha maynerlar alohida mamlakat deb qaralsa, unda 2019 yil noyabr oyida u elektr energiyasi iste'moli bo'yicha dunyoda 40-o'rinni egallagan bo'lar edi (2017 yil oxirida - 61-o'rin).

Mavzu bo'yicha xulosalar Kriptovalyutalarning yaxshi yoki zararli ekanligi, ular zamonaviy iqtisodiyotga yangi narsa olib keladimi yoki fiat valyutalari kursiga bog'langan elektron pullarning yana bir turiga aylanadimi-yo'qligini aniq aytib bo’lmaydi. Hech shubha yo'qki, kriptovalyutalar ulkan salohiyatga ega, bu bir tomondan global iqtisodiyotga kuchli turtki berishi mumkin, ikkinchidan esa uning rivojlanishini sekinlashtiradi. Boshqa har qanday yangilik singari, kriptovalyutalar ham yangi xavflarni o'z ichiga oladi, shu jumladan noqonuniy faoliyat, ammo ushbu texnologiya inqilobiy imkoniyatlarni taqdim etadi.

Foldalingan adabiyotlar


  • Google.com

  • www.fayllar.org

  • www.arxiv.uz

  • www.xabar.uz

  • www.depozit.uz


http://fayllar.org
Download 7.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling