Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Markaziy bankning pul-kredit siyosati hususidagi ilmiy-nazariy


Download 120.4 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi120.4 Kb.
#1612397
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari 4334

1. Markaziy bankning pul-kredit siyosati hususidagi ilmiy-nazariy
qarashlar
Monetar siyosat - muomaladagi pul massasini tartibga solish orqali narxlar
barqarorligi, inflyatsiya, real ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o’sishni
mustahkamlashga yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig’indisi4.
Umumdavlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy va ajralmas qismi sifatida
monetar siyosat mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rinni egallab kelganligi
allaqachon jahon tajribasida isbotlangan. U hozirgi paytda ham iqtisodiyotda o’z
samarasini bermoqda. Shu bois jahon bank amaliyotida, jumladan, O’zbekistonda
ham monetar siyosatga iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar va hukumat tomonidan
alohida e’tibor beriladi.
O’z navbatida, monetar siyosat to’g’risidagi etakchi nazariyalarning
mazmuni va mohiyatini atroflicha o’rganmasdan, uning ilmiy asoslangan asosiy
yo’nalishlarini ishlab chiqish, qolaversa, taktikasi va strategiyasini aniq belgilab
olish mumkin emas.
Hozirgi paytda jahon iqtisodiy adabiyotida monetar siyosatning nazariy va
amaliy masalalari to’g’risida turli nazariyalar mavjud bo’lib, ular o’z mazmuniga
ko’ra bir-biridan farq qiluvchi turli oqimlarga birlashib ketgan. Ana shu oqimlar
majmuida monetarizm va keynschilik oqimini, shubhasiz, ushbu sohadagi eng yirik
va eng yetakchi g’oyaviy yo’nalish sifatida ajratib ko’rsatish mumkin. Ushbu
ta’limotlarning paydo bo’lishi, asosiy qoidalari va ularning mazmunidagi
ziddiyatlar hususidagi masalalar jahonning ko’plab taniqli va zamonaviy iqtisodchi
olimlari hamda mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqilgan. Zamonaviy xorijlik
olimlardan S.R.Moiseev, E.Dolan, R.Dornbush, K.Makkonnell, K.Kempbell,
L.Harris, G.Menkyu, F.Mishkin, L.Abalkin, O.Lavrushin, V.Geraenko, V.Usoskin,B.Irishev va boshqalarning qo’shgan hissalarini e’tirof etmoq lozim. Monetar siyosatning qator nazariy va amaliy masalalari mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan g’oya va mulohazalarda, Shuningdek, respublikamiz iqtisodchi - olimlari va mutaxassislaridan - A.Vahobov, T.Qoraliev, M.Nurmuratov, O.Namozov, T.Bobakulov, Z.Holmahmadov, S.Norqobilov, M.Mo’minov, R.Shomurodov va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritilgan. Pulga bo’lgan talab, pul taklifi, monetar siyosatning maqsadlari va ko’rsatkichlarini tanlash hamda ularni hozirgi zamon talablariga moslab amalda to’g’ri qo’llash masalalarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Pul-kredit siyosatning asosida pul nazariyasi yotadi. Uzoq davrlardan beri
pul-kredit siyosatining muammolari va uning bozor sharoitidagi roli bo'yicha
iqtosodchilar tomonidan diskussiya qilinib kelinmoqda. Bunga sabab pul
nazariyasi to'g'risida ikki xil yirik qarash mavjudligidir: bir tomondan zamonaviy
keynscha pul kredit konsepsiyasi, ikkinchi tomondan esa zamonaviy monetarizm
konsepsiyalaridir. Zamonaviy keynschilar va monetaristlar xam iqtisodiyotdagi pul
massasi va uning pul-kredit siyosati ta'sirida o'zgarishini milliy iqtisodiyotga
sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi deb hisoblaydilar. Lekin ular bu xolatni xar xil
baholaydilar. Keyns konsepsiyasi nuqtai nazardan, pul-kredit siyosatni tartibga
solishning asosi sifatida foiz stavkasi hisoblanadi. O'z navbatida, monetaristlar
nuqtai nazardan esa, buning asosi deb pulga bo'lgan talab va taklifni qo'yadilar.
Keyns tarafdorlari shunday xisoblaydilarki, bozor iqtisodiyoti nobarqaror
tizimni namoyish qiladi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda xar
xil instrumentlardan, shu jumladan moliyaviy va pul kredit intrumentlaridan faol
foydalanishi kerak. Pul-kreditni tartibga solish mexanizmi quyidagi tarzda amalga
oshiriladi. Foiz stavkasini pasayishi yoki ko'tarilishi pul taklifining o'zgarishiga
sabab bo'ladi va o'z navbatida investitsiya talabini o'zgarishiga olib keladi.
Keynsianslar pul talifi va milliy maxsulot darajasi o'rtasidagi bog'liqlik juda yuqori deb xisoblaydilar. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda to'liq iqtisodiy ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak.
Keyns ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ixlos
qo’yish nazariyasi nomini oldi. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar
qo’llarida pulni saqlaydilar? degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi
vakillarining pulga bo’lgan talab boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u
daromadga proporsional degan fikrdan farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab
foiz stavkasiga ham bog’liq, deb hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat
daromadga emas, balki foiz stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa
uning funksiyasining Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz
stavkasi hech qanday ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan
keskin farq qiladi. O’z navbatida, Keyns pulga jamiyatdagi boyliklarning bir turi
sifatida qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum
qismini pul shaklida saqlashlari, ularning likvidlik hususiyatlarini qay darajada
baholashlariga bog’liq.
Odamlar odatda, eng likvidli portfelni tanlaydilar va binobarin, bu ular
tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keyns o’zining pulga
bo’lgan talab nazariyasini "likvidlikka ihlos qo’yish" nazariyasi deb atadi.
Shuningdek, Keyns pulga bo’lgan talab nazariyasining markaziga foiz stavkasini
qo’ydi. Bu pulga bo’lgan talabning chayqov omilida o’zining yaqqol ifodasini
topdi. Bu qaqida horijlik taniqli olimlardan professor F.Mishkin shunday
ta’kidlaydi: "Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini
pulga bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu
nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lgan talab
foiz siyosatiga bog’liq emas".5
Keynschilik konsepsiyasi, asosan, o’tgan XX asrning 30-40- yillarida yaxlit
g’oyaviy oqim sifatida to’liq shakllandi va u makroiqtisodiy nazariyada hamdadavlat iqtisodiy siyosatining dasturlarida bosh o’rinni egallab olgan edi. Uning asoschisi - XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik iqtisodchi Jon Meynard Keyns edi.
Umuman, Keyns va uning tarafdorlarining qarashlari XX asrning 70-
yillarigacha eng keng tarqalgan va mashhur nazariya bo’lib qoldi. Ayniqsa, XX
asrning 60-yillarida AQSHda yuz bergan iqtisodiy yuksalish yetti yildan ortiq
davom etdi. Bunday uzoq davom etgan inqirozsiz rivojlanish, Keyns nazariyasi
uzoq muddatli rivojlanishni kafolatlaydigan, iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solishning yuqori darajada samaradorligini ta’minlaydigan nazariya, degan
fikrning keng miqyosda tarqalishiga sabab bo’ldi.
Jon Meynard Keyns "Bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936
yil) nomli o’zining mashhur kitobida pulning aylanish tezligining doimiyligi
to’g’risidagi klassik yondashuvdan voz kechdi va asosiy e’tiborni foiz stavkasining
ta’siriga qaratgan holda pulga bo’lgan talab nazariyasini ishlab chiqdi. Keyns
ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ihlos qo’yish nazariyasi
nomini oldi9. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar qo’llarida pulni saqlaydilar
degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi vakillarining pulga bo’lgan talab
boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u daromadga proporsional degan fikrdan
farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab foiz stavkasiga ham bog’liq, deb
hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat daromadga emas, balki foiz
stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa uning funksiyasining
Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz stavkasi xech qanday
ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan keskin farq qiladi.
O’z navbatida, Keyns pulga jamiyatdagi boyliklarning bir turi sifatida
qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum qismini
pul shaklida saqlashlari, ularning likvidlik hususiyatlarini qay darajada
baholashlariga bog’liq. Odamlar odatda, eng likvidli portfelni tanlaydilar va
binobarin, bu ular tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keynso’zining pulga bo’lgan talab nazariyasini "likvidlikka ihlos qo’yish" nazariyasi deb
atadi. Shuningdek, Keyns pulga bo’lgan talab nazariyasining markaziga foiz stavkasini qo’ydi. Bu pulga bo’lgan talabning chayqov omilida o’zining yaqqol
ifodasini topdi.
Ma’lumki, monetar siyosat nazariyasida markaziy o’rinni foiz stavkasi
pulga bo’lgan talabga ta’sir etadimi, agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala
egallaydi. Bu hususida juda ko’p olimlar o’z fikrlarini aytganlar. Jumladan,
I.Fisher foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi, u daromadga bog’liq,
degan hulosaga kelgan. Kembrij maktabining olimlari esa foiz stavkasi nominal
yalpi ichki mahsulotga proporsional, deb hisoblashgan. Ammo, J.Keyns
kembrijcha yondashuvni rivojlantirib, foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga sezilarli
darajada ta’sir qiladi, degan hulosaga kelgan. Umuman, Keyns tadqiqotlarida foiz
stavkasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab pasayadi, degan hulosa ilgari
suriladi. Keyns fikricha, pul massasining o’zgarishi foiz stavkasiga bevosita ta’sir
qiladi.
Miqdoriylik nazariyasi bo’yicha yalpi daromadning ma’lum darajasida
aholining qo’lida qancha pul bor degan savol qo’yiladi. Shuning uchun u amalda
pulga bo’lgan talab nazariyasi hisoblanadi. Fisherning pulga bo’lgan talabning
miqdoriylik nazariyasiga muvofiq pulga bo’lgan talab mutlaq daromadning
funksiyasi hisoblanadi va foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi. O’z
navbatida, Fisher "pulga bo’lgan talab, birinchidan, ma’lum miqdordagi YAIM
(RY) doirasidagi bitimlar hajmi bilan va ikkinchidan, odamlarning bitimlarni
amalga oshirishlari bog’liq bo’lgan iqtisodiyotdagi kredit institutlari tomonidan
aniqlanadi, bu esa pulning aylanish tezligini aniqlaydi" degan hulosaga keldi.
Kembrijning olimlari pulga bo’lgan talabning bitimlar hajmiga va
institutsional omillarga bog’liqligini o’rganishning o’rniga, ma’lum holatlarda
odamlar qo’llarida qancha miqdorda pul ushlab turishni hoqlaydilar degan savolni
qo’ydilar. Kembrij maktabi iqtisodchilari odamlarning qo’llarida pul ushlab
turishlariga asos bo’luvchi pulning ikkita hususiyatini: almashuv vositasi va
boylikni saqlash vositasini ajratib ko’rsatishdi. O’z navbatida, Irving Fisher va
Kembrij guruhi pulga bo’lgan talab nominal daromadga proporsional, degan pulga
bo’lgan talabning klassik yondashuvini ishlab chiqdilar. Biroq ularning
yondashuvlari muayyan darajada bir-biridan ajralib turadi: agar, Fisher texnologik
omillarga asosiy e’toborni qaratib va qisqa muddatli davrlarda foiz stavkasi
ta’sirida pulga bo’lgan talabning har qanday imkoniyatlarini inkor qilgan bo’lsa,
Kembrij yondashuvida asosiy e’tibor yakka tartibdagi iste’mol tanloviga qaratilgan
va foiz stavkasining ta’siri ham e’tibordan chetda qolmagan. O’z navbatida, pulga
bo’lga talab YAIM va pul massasi o’rtasidagi miqdoriy bog’lanishdan foydalanish
orqali ham aniqlash mumkin. Faraz qilaylik, boshqa shartlar teng bo’lgan sharoitda
YAIM deflyatori 14,9 foiz va YAIM real o’sishi 6,9 foiz miqdorida belgilangan
bo’lsin. Ushbu shartli misolimizda pul massasi (1,149x1,069)x100-100=23,4
foizga o’sadi. Demak, Markaziy bank monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichlari
muvozanatini ta’minlash maqsadida iqtisodiyot uchun yil davomida pul taklifini
23,4 foizga oshirishi mumkin.
Amerikalik iqtisodchi Irving Fisherning 1911 yilda nashr qilingan
"Pullarning harid quvvati" - (I.Fisher "The purchasing Power of Money") nomli
kitobida keltirilgan. Fisher ushbu asarida umumiy pul miqdori M (pul massasi, pul
taklifi) hamda ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va hizmatlarni sotib olishdagi
yalpi harajatlar (RxY) o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq qilgan. Bunda, R - baholar
darajasi; Y - yalpi ishlab chiqarish. Bu erda (M) va (RxY)larni bog’lovchi
o’zgaruvchini pulning aylanish tezligi - (V) deb aytiladi. Pulning aylanish tezligi
(V) yalpi harajatlarning pul massasiga nisbati sifatida aniqlanadi:

Masalan, agar yil davomida nominal yalpi ichki mahsulot (YAIM) 5 trln.
dollarga, pul taklifi 1 trln. dollarga teng bo’lsa, pulning aylanish tezligi 5 martaga
teng bo’ladi. Bu esa o’rtacha statistik dollar pirovard tovarlar va hizmatlarni sotib
olish uchun 5 marta foydalanganligini anglatadi. Almashuv tenglamasi nominal

Download 120.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling