3. Davlat pul –kredit siyosatining to’lov balansiga ta’siri va buning oqibatlari
Markaziy bankning diskont siyosatida qayta moliyalash stavkasi
instrumentidan pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy
o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadida keng foydalaniladi. Shuningdek,
Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining asosiy va zamonaviy
vositalaridan biri bo'lgan qayta moliyalashstavkasidan kreditga bo'lgan talabni
boshqarish va muomaladagi pul massasi hajmini tartibga solish orqali
narxlaro'sishini jilovlash va pasaytirish maqsadida foydalanildi.
Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy
ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasi 201 4 yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab
qolindi.
Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida
moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real
sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni
kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs
bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Respublikadagi barqaror makroiqtisodiy holat va yuritilayotgan qat'iy pulkredit siyosati pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari, jumladan tijorat
banklarining kreditlari va depozitlari bo'yicha foiz stavkalari dinamikasida o'z
aksini topmoqdi. Xususan, 201 4 yilda pul bozoridagi foiz stavkalarini qayta
moliyalash stavkasiga yaqinlashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
natijasida banklararo pul bozoridagi operatsiyalar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz
stavkasi yil boshidan buyon 0,3 foiz bandga o'sib, dekabr oyida 11,0 foizni tashkil
etdi.
Aholi real daromadlarining o'sishi, bank tizimiga bo'lgan ishonchning ortib
borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayishi kabi omillar
ta'sirida, 2020 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari
bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining
oxirida 6,4 foizgacha, yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar
bo'yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi.
1 -rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |