Mavzu: Davlatning tashqi iqtisodiy faoloyatini tartibga solish siyosati
Download 95.86 Kb.
|
Davlatning tashqi iqtisodiy faoloyatini tartibga solish siyosati
Mavzu: Davlatning tashqi iqtisodiy faoloyatini tartibga solish siyosatiMEK 85–A HAMIDOV FaxriddinHozirgi kunda davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo'lmoqda. Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo'nalishlaridan biri - tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qiIishga qaratilgan jihatlami, shu '* jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta'minlash, eksport.va import munosabatIarda ilg'or siljishlami rag'batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo'naltirilgan vakolatIi davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish yo'nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o'z ichiga oladi. O'tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o'zini erkin bozor girdobiga tashlab qo'ya olmaydi.Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga sol ish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning o'ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o'zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egallangan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta'minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo'llanilishini taqozo etadi. Bu esa, birinchi navbatda, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini 3 tartibga solish mexanizmlarini o'zgaruvchan ichki va tashqi sharoitlarga muntazam moslashtirib borishni, ya'ni oqilona tashqi iqtisodiy siyosat yurgizishni talab etadi.Bunday sharoitda davlatning rivojlantirish kafolati sifatida faol qatnashuviga zaruriyat tug'i1adi. Bozor munosabatIariga o'tishning ilk bosqichlarida tashqi iqtisodiy aloqalaming davlat tomonidan tartibga solinishi, ayniqsa, muhimdir. Lekin bu faoliyatning ko'lami, shakllari va usullari, aniq maqsad va vazifalari har bir mamlakatning hududiy jihatdan katta-kichikligidan, jahon xo'jaligida tutgan o'mi, tashqi va ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bozor munosabatlarining asosiy tamoyillari amalda bo'lishi davlat tomonidan, mamlakat iqtisodiy havfsizligini ta'minlash va umummilliy manfaatlari himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat(TIF)ni tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi. TIFni tartibga solish bo'yicha davlat organlarining faoliyati deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshiriladi. ".. TIFni tartibga solishning iqtisodiy usullari savdo siyosatining vositalari.- bojxona bojlari, soliqlar (QQS, aksiz solig'i va boshqalar) va bojxona yig'imlariga asoslanadi. Bu vositalarini qo'lIash orqali davlatning tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari manfaatlariga ta'sir ko'rsatadi. Ular ko'proq bozor munosabatlari tabiatiga mos keladi va shu sabab hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda asosiy rol o'ynaydi Download 95.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling