Mavzu: Davolash Profilaktika muassasilarida ionlashtiruvchi nurlanish manfaatdan foydalanganda dorimetrik radiometrik. Reja: Kirish


Download 113.27 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi113.27 Kb.
#1448990
  1   2   3
Bog'liq
radiotsizlar gigiyena


Mavzu: Davolash Profilaktika muassasilarida ionlashtiruvchi nurlanish manfaatdan foydalanganda dorimetrik radiometrik.


Reja:
Kirish

  1. Davolash profilaktikasi muassasalari gigiyenasi.

  2. Ionlashtiruvchi nurlanish.

  3. Radiatsion defektoskopiya.



Xulosa
Foydalanilgan adabyotlar


Kirish

Zamonaviy kasalxona haqiqatan ham loyihalashtirishning eng murakkab obyektlariga kiritiladi, chunki u ko‘p komponentli injenerlik majmuasi boiib, u turli davolash va davolash-tashxis boiimlari, shuningdek, ma’muriy va xo‘jalik-maishiy ahamiyatga molik boigan binolardan tarkib topgan.
Davolash-profilaktika muassasalari oldida turgan vazifalar deyarli o‘zgarmagan. Bemorga o‘z vaqtida yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va eng muvofiq davolovchi-himoyalovchi tartibni yaratish faqatgina bu muassasalarni rejalashtirish va jihozlashga boigan sanitargigiyenik talablarga qat’iy rioya qilish orqaligina erishishi mumkin.
Davolash-profilaktika muassasalarining arxitektura-rejalashtiruvchi yechimi kasalxona ichi infeksiyalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi, ular davolash komplekslarida kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tarqalishini kamaytirish yoki oldini olishga qaratilgan.

1. Davolash profilaktikasi muassasalari gigiyenasi.
Kasalxona gigiyenasi davolash-profilaktika muassasalarini joylashtirish, loyihalashtirish sanitar-texnik ta’minoti bo‘yicha me’yor va talablarni ishlab chiqadi. Uning maqsadi bemorlar uchun eng muvofiq shartsharoitlar yaratish, samarali davolash jarayonlarini olib borish va tibbiy xodimlar uchun muvofiq mehnat sharoitlarini yaratishdir.
O‘zbekiston Respublikasida turli davolash-profilaktika muassasalari mavjud, ular turli vazifalar va qat’iy belgilangan funksiyalami amalga oshiradilar. Ularga quyidagilar kiradi:
- kasalxona muassasalari (turli quvvatga ega boigan kasalxonalar va
markazlar);
- dispanserlar (silga qarshi, teri-tanosil, onkologik, psixonevrologik
va b.)
- ambulator-poliklinika muassasalari (shahar, tuman, stomatologik poliklinikalar, tibbiy-sanitariya qismlari va b.);
99
- onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari (tug‘uruqxonalar,
komplekslar, mehribonlik uylari va b.);
- sanator-kurort muassasalari;
- tez tibbiy yordam muassasalari;
- sanitariya-epidemiyaga qarshi muassasalar (SEOA, dezinfeksiya stansiyalar, o‘ta xavfli karantin infeksiyalarga qarshi kurash markazi.
Aholiga davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish tizimida statsionar yordam ko‘rsatish muhim o‘rin egallaydi.
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash zamonaviy yuqori sifatli tibbiy va injenerlik jihozlari bilan jihozlangan, tarkibida markazlashgan davolash-tashxislash va yordamchi xizmatlar, barcha tibbiytexnologik va sanitar-gigiyenik talablarga javob beradigan ko‘p profilli va ixtisoslashtirilgan kasalxonalarda olib borishni taqozo etadi.
Kasalxona aholiga na faqat statsionar davolash xizmatini ko‘rsatadi, balki ixtisosliklar bo‘yicha maslahatlarni amalga oshiradi va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazadi. Yirik kasalxonalar (viloyat, Respublika miqyosidagi) shuningdek, tashkiliy-metodik ishlarni olib boradilar.
Kasalxonalar yuqori malakali va ixtisoslashtirilgan davolash faoliyati bilan birgalikda kasalliklarning qaytalanishini oldini olish, davolashning samarasini hisobga olgan holda profilaktik nazoratni tashkillashtiradi, mehnatga layoqatligini ekspertiza qilish bo‘yicha, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklashga qaratilgan davolash va bemorlarni oddiy hayotga qaytarish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Kasalxonalar viloyat (Respublika), shahar, markaziy, tuman qishloq va uchastka turlariga bo‘linadi. Kasalxonalar ko‘p profilli turli ixtisoslashtirilgan bo‘limlarda va ixtisoslashtirilgan (bir profilli - yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari va ruhiy kasalliklar va b.) kasalxonalarga boMinadi. 2000-yildan tez tibbiy yordam ko‘rsatish kasalxonasi tashkil etilgan.
Kasalxonalarni joylashtirish, loyihalashtirish va sanitar-texnik obodonlashtirish bo‘yicha gigiyenik talablarni ishlab chiqishda 2 ta asosiy vaziyatni inobatga olish lozim.
- Bemorlar uchun statsionarda eng maqbul sharoitlami yaratis
davolovchi-himoyalovchi tartibni ta’minlash, kasalxona ichi infeksiyalarining tarqalishini oldini olish va atrof-muhitning nomuvofiq ta’sirini (shovqin, atmosfera havosidagi toksik moddalar va b.) yo‘qotishga qaratilgan tadbirlarni olib borish;
100
- Kasalxona muassasalari tibbiy xodimlar uchun ishlab chiqaris
muhiti boiib, u yerda ionlantiruvchi nurlanishlar, rentgen nurlari, lazer, ultratovush, 0 ‘YUCH-maydon, turli dori vositalari, anestetiklar va boshqalar qoilaniladi.
Tibbiy xodimlaming ishi o‘ziga xos boiib, u yuqori darajada asabruhiy zo‘riqish, tungi navbatchilik, ekstremal vaziyatlar va boshqalar bilan ta’riflanadi. Bu xususiyatlami hisobga olgan holda eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratish, kasb kasalliklarning oldini olish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Sogiiqni saqlash tizimidagi eng muhim muammolardan bir sogiiqni saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasidagi davolashprofilaktika muassasalarining koyka-fondi yetarlicha ulkandir. Respublikada mustaqillik eio n qilinguncha faoliyat ko‘rsatgan DPMIarning soni 800ta kasalxona va dispanserlar boiib, turli sohalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan edi. Ammo bu muassasalarning ko‘pchilik qismi bir necha o‘n yillar oldin qurilib foydalanishga topshirilgan boiib, ko‘pchilik muassasalar yoki moslashtirilgan binolarda yoki zamonaviy talablarga javob bermaydigan binolarda joylashgan.
O‘zR 1991 -yildan boshlab, Davlatimiz hamda sogiiqni saqlash vazirligi tomonidan Respublikadagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda Respublikamizda DPMIarning resurs bazalari 4200 dan ko‘proq ambulatoriya poliklinika muassasalari va umumiy koyka soni taxminan 130 000 ta boigan 780ta statsionarlardan (100 aholi soniga 45,8) tarkib topgan.
O‘zR dagi DPM-ning moddiy bazalarini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20- iyundagi “0 ‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashgan tibbiy yordamni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida” qarori buning yaqqol misolidir. Shu bilan birga birinchi navbatda hal qilinishi zarur boigan vazifalarni alohida ajratish zarur.


Download 113.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling