Mavzu: Davrimizning global muammosi Reja


Download 118 Kb.
bet8/10
Sana13.04.2023
Hajmi118 Kb.
#1350043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davrimizning global muammosi

Sud hokimiyati. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil tarmoqlaridan biri bo‘lib, jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarbar etilgandir. Odil sudlov o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat faoliyati hisoblanadi, bunda vakolatli sud muassasasi huquq normalari talablarini buzish oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, huquqiy jihatdan hal qiladi. Demokratik huquqiy davlatda huquq (qonun) davlat idoralari, fuqarolarning turli-tuman uyushmalari va alohida shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning mezonidir. Mazkur munosabatlarning huquq (qonun) doirasida kechishini va hal etilishini ta’minlash sud hokimiyati zimmasiga yuklatilgan. Odil sudlovning oliy maqsadi – kuch va zo‘ravonlik g‘oyasini huquq va adolat g‘oyalari bilan almashtirishdan iboratdir.
Mamlakatimizda sud hokimiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Sudlar to‘g‘risida» (yangi tahrirda)gi qonun (2000-yil 14-dekabr) bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 106-modda).
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab sud-huquq tizimini isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirishga qaratilgan izchil islohotlar olib borildi. Sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Sud tizimi ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarildi. Shuningdek, sudlar faoliyatining samaradorligini oshirishga erishish yo‘lida tashkiliy jihatdan ta’minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar tayyorlash masalalari yaxshilandi. Yuqorida keltirilgan qonunga muvofiq, umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi. Kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sudda ishlarni qayta ko‘rishning apellatsiya tartibi joriy etildi.
Prokuratura. Prokuratura mamlakatda amalda bo‘lgan barcha qonunlarning mamlakat hududida bir xilda va aniq ijro etilishini O‘zbekiston Respublikasi nomidan nazorat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasida belgilab qo‘yilganidek, «O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi».
2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq prokuraturaning inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uliyati oshirildi. Shuningdek, sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokurorlarining tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqi bekor qilindi.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling