Mavzu: davriy sistema 5a guruxidagi (p-fosfor,n-azot) xossalari va ishlatilishini o’rganish
Download 95.75 Kb.
|
slayd4
masalan,Uran sayyorasi sirtida qattiq holatda Azot(N) uchraydi.Azot(N) vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi.Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliyahamiyatga ega bõlgani ammiakdir.Uning molekularformulasi NH³ kõrinishda bõladi.Azot vodorodga nisbatan elektro-manfiy elementligi uchun ammiak molekulasiqutbli hisoblanadi. Azot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda, bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa birikmalar, kislorod bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi.
Azot oʻsimliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yogʻin-sochin bilan yoki oʻgʻit sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi boʻshliqni toʻldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq azotdan past temperatura bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. Oʻrta Osiyoning quruq choʻl iqlimida koʻp miqdorda selitra toʻplanadi. Azot oqsillar, nuklein kislota,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlganligidan oʻsimliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Oʻsimliklar tuproqdagi azotli moddalarni oʻzlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot toʻplanadi. U tuproqda asosan toʻrt xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO3), oqsil organik azoti (toʻliq parchalanmagan oʻsimlik qoldiqlari) va ularning oʻzgarish mahsulotlari – aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida mavjud boʻladi.
Download 95.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling