Mavzu: Davriy sistemaning V a gruppasidagi (R-fosfor, n -azot) xossalari va ishlatilishini organish


Download 105 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi105 Kb.
#1262014
1   2   3   4
Bog'liq
Davriy sistemaning V A gruppasidagi (R-fosfor, N -azot) xossalari va ishlatilishini organish.

TAJRIBALAR Zarur asbob va reaktivlar:azot va ammiak olish uchun asbob. Shtativ.Probirkalar.Kristallizator.Tomchili voronka.Shisha naylar.Cho’plar.Chinni xovoncha dastasi bilan.Shisha tayoqcha.Paxta.Qizil lakmus.Fenolftalein.Kolbalar. Quruq tuzlardan:natriy nitrit,xlorli ohak.Ammoniy xlorid.Ammoniy dixromat.Mis qirindisi.Rux.Qo’rg’oshin nitrat.Kaliy nitrat. Konsentrlangan eritmalar:ammoniy xlorid,ammiak,xlorid kislota.Nitrat kislota,sulfat kislota,Bromli suv.Eritmalar.2n ammoniy xlorid,o’yuvchi natriy,kaliy permanganat,nitrat kislota,natriy nitrit,sulfat kislota,kaliy yodid,kaliy dixromat.
1-tajriba.Azotning olinishi va xossalari .
a)83-rasmda ko’rsatilganidek,asbob yig’igb,uning jips yopilishini sinab ko’ring.Quruq probirkaga 1 g chamasi maydalangan natriy nitrit tuzidan solib,unga tomchilatib 1-2 ml konsentrlangan ammoniy xlorid eritmasidan hushyorlik bilan qo’shing.Probirkani qizdiring.Ajralib chiqayotgan gazni probirkaga yig’ib,yonib turgan cho’pni azotli probirkaga tushuring.REaksiya tenglamasini yozing.
b)83-rasmdagi 1-probirkaga ozgina xlorli ohak solib,ustiga tomchilatib quyadigan varonka (2) orqali konsentrlangan amiyak eritmasidan bir necha tomchi quying.Ajralib chiqayotgan gazni 3-probirkaga yig’ing.Azot yonishga yordam beradimi?Reaksiya tenglamasini yozib oksidlovchiva qaytaruvchilarni aniqlang.
2-tajriba.Amiyakning olinishi.Uning suvga va xlorid kislataga ta’siri.
a)84-rasmda ko’rsatilgandek asbob yig’ing.Teng miqdordagi ammony xlorid va so’ndirilgan ohakni chinni hovonchada yaxshilab aralashtiring(amiyak hidi keladi).Probirkaning 1/3 qismiga aralashmadan solib,shtativga o’rnating.gaz yig’ishnayiga quruq probirka kirg’zib,probirka og’zini paxta bilan berkiting.Aralashmani sekin qizdiring.Probirkaga amiyak to’lganligini aniqlash uchun konsentrlangan xlorid kislatada ozroq pata o’rab namlangan shisha tayoqchani yoniga olib kelsangiz oq tutun hosil bo’ladi.Reaksiy a tenglamalarini yozing.Probirkaga amiyak to’lganligiga ishonchhosil qilganingizdan so’ng,probirkani naydan ehtiyotlik bilan olib va o’ngarmay turib,og’zini tiqin bilan berkiting va suvda eritish uchun saqlab qo’ying; b) hozirgi tajribada olingan ammiakli probirkani kichik hajmli kristallizatordagi yoki chinni kosachadagi suvga botiring va probkasini oling.Shu ondayoq probirkaga suv kira boshlaydi.Suv betide ammiakning suvdan yengil eritmasi hosil bo’ladi.Reaksiyani tezlatish uchun probirkani ohista chayqating.Suv ko’tarilmay qolgandan so’ng probirkani suv ostida barmog’ingiz bilan berkitib,kristallizatordan oling.Hosil bo’lgan eritmani qizil lakmus qog’ozi yoki fenolftalin bilan sinab ko’ring.Reaksiya tenglamasini yozing. 3-tajriba .Ammoniy ioniga reaksiya. Probirka 5-6 tomchi ammoniy xlorid eritmasidan solib,ustiga 3-4 tomchi 2 n o’yuvchi natriy eritmasidan tomizing.Probirkani ohista qizdirib,og’ziga qizil lakmus qog’ozini tuting.Rang o’zgarishini kuzating.Ajralib chiqayotgan ammiakni hididan ham bilish mumkin.Reaksiya tenglamasini yozing. 4-tajriba.Ammoniy xloridning parchalanishi. Quruq probirkaga bir necha dona ammoniy xlorid tuzidan solib,shtativga vertical qilib o’rnating.Probirkani sekin qizdiring.Hodisani kuzating.Probirkaning sovuq devorlarida qaytadan oq kristallar hosil bo’lishiga e’tibor bering.Probirka sovigandan so’ng unga suv quying.Hosil bo’lgan eritmada Cl- ioni qanday aniqlanadi?NH+ ioniga reaksiya qilib ko’ring.Rreaksiya tenglamalarini yozin. 5-tajriba.Ammiakning qaytaruvchanlik zossasi. a)ammiak ta’siridan bromning qaytarilishi. Probirkaga 5-6 tomchi bromli suv solib,unga 2-3 tomchi 25% ammiak eritmasidan tomizing.Aralashmadagi brom ranggining o’zgarishini kuzatib,reaksiya tenglamasini yozing.Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang; b)ammiyak ta’siridan kaliy permanganatning qaytarilishi. Probirkaga 3-4 tomchi kaliy permanganate eritmassidan soling.Eritmaning rangi o’zgarguncha 25% li ammiak eritmasidan tomizib,probirkani chayqating.Kaliy permanganatning neytral va kuchsiz ishqoriy sharoitda marganes(IV)oksidgacha qaytarilishini hisobga olib,reaksiya tenglamasini yozib tenglang. 6-tajriba.Azot (II)va(IV) oksidlarning olinishi va xossalari. a) 83-rasmda ko’rsatilgandek asbob yig’ib,kristallizatorning yarmigacha suv quying.3-probirkani suv bilan to’lg’azib,suvli kristallizatorga,probirkaning tagini tepaga qaragan holda o’rnating.Probirka suvga to’la holda saqlansin. 1-probirkaga ozroq mis qirindisidan solib,tomchilab quyadigan (2)varonkaga(p=1,12g/sm3)suyultirilgan nitrat kislotadan quying.Nitrat kislotadan tomchilatib mis qirindisini tomizing.Reaksiyashiddatli ketgandan so’ngra shisha nay uchini kristallizatordagi suv to’lg’azilgan probirkaga kiriting.Gaz ajralib chiqishini kuzating.Reaksiya tenglamasini yozing.Suv to’lg’azilgan probirkaning 3/4qismi gazga to’lgach,suv tagida probirkaning og’zini barmog’ingiz bilan berkitib,probirkani suvdan olingva tagini pastga qilib ag’daring.Probirkaning og’zini 1-2 soniyada ochib,probirka ichidagi gazning,qo’ng’ir rangga aylanishini kuzating.Reaksiya tenglamasini yozing. Probirkaning og’zini barmog’ingizz bilan berkitgan holda kuchli chayqatib,qo’ng’ir gazning suvda erishini kuzating.Yana probirkaning og’zini ohista ochib,gazning qo’ng’ir rangga aylanishini kuzating va uni ham eriting.Shu usulda hosil qilingan NO2 gazning hammasini suvda eriting.Hosil bo’lgan eritmaning sharoitini ko’k lakmus qog’ozi bilan sinab ko’ring.Reaksiya tenglamalarini yozing; b)misga konsentrlangan va suyultirilgan nitrat kislotaning ta’siri. Ikkita probirka olib,har biriga bir-ikki dona mis qirindisidan solib,birinchisiga suyultirilgan (p=1,12g/sm3),ikkinchisiga esa konsentrlangan(p=1,2g/sm3)nitrat kislotalaridan 6-8 tomchidan tomizing.Ikkala probirkani ham oq fonda ushlab,qaysi birida rangsiz NOyoki qo’ng’ir NO2 ajralishini kuzating.Reaksiyalar tenglamasini yozib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. 7-tajriba.Nitrat kislota tuzlarining oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari. a)kaliy yodida natriy nitritning ta’siri. Probirkaga 3-5 tomchi kaliy yodid eritmasidan solib,ustiga 2-3 tomchi 2n suyultirilgan sulfat kislotadan qo’shing.Probirkani chayqatib,unga natriy nitrit eritmasidan tomchilatib qo’shing.Yod ajralib chiqishini kuzating.Erkin yod ajralib chiqqanini aralashmaga kraxmal klestri qo’shilganda suyuqlikning ko’karishidan bilish mumkin.Reaksiya tenglamasini yozib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang; b)kaliy permanganatda natriy nitritning ta’siri. Probirkaga3-5 tomchi kaliy permanganat eritmasidan olib,ustiga 1-2 tomchi 2n suyultirilgan sulfat kislotasidan qo’shing.Probirkani chayqatib,unga natriy nitrit eritmasidan tomizing.Tajribadagi rang o’zgarishini kuzatib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang.Reaksiya tenglamasini yozing; d)kaliy dixromatga natriy nitritning ta’siri. Probirkaga 3-5 tomchi kali dixromat eritmasidan solib,ustiga (p=1,84g/sm3)konsentrlangan sulfat kislotadan 2-3 tomchi qo’shing.Probirkani chayqating.So’ngra aralashmaga natriy nitrit eritmsidan tomchilatib qo’shing.Aralashma rangining o’zgarishini kuzatib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang.Reaksiya tenglamasini yozing. 8-tajriba.Nitrat kislota tuzlarining harorat ta’siridan parchalanishi. a)qo’rg’oshin nitratning parchalanishi.Probirkaga ozroq qo’rg’shin nitrat kristallaridan solib,uni shtativga 80-rasmdagidek qiya o’rnating.Probirkani ehtiyotlik bilan qizdiring.Gaz ajralib chiqishiga e’tibor bering.Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlab,reaksiya tenglamasini yozing; b)kaliy nitratning parchalnishi.Probirkaga 1-1,5g kaliy nitrat kristallaridan solib,uni shtativga vertical holda o’rnating.Probirkani ehtiyotlik bilan tuz eriguncha qizdiring.Ajralib chiqayotgan gazga e’tibor bering.Qizdirishni gaz chiqishi to’xtaguncha davom ettiring.Probirkaga uchi yallig’langan cho’pni tashlang va yonishini kuzating.Kaliy nitrat termik parchalanganda nitrit hosil bo’lgan ccccho’kmani suvda eriting.Eritma nitrit kislota tuzi ekanligini aniqlash uchun 7-tajribadagidek kaliy yodid va kaliy permanganate eritmalariga ozroq suyultirilgan sulfat kislotadan tomizib,tayyorlangan eritmangizdan qo’shing.KNO3 ning termik parchalanish reaksiyalarini yozing.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling