Vodorod sulfid. H2S tabiatda vulkan gazlarida va ba'zi mineral manbalarning suvida uchraydi. Oqsil moddalar chiriganda hamma vaqt H2S hosil bo'ladi. H2S laboratoriyada FeS ga HCl yoki suyultirilgan H2SO4 ta'sir ettirish yo'li bilan olinadi: FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑ Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: FeS + 2H+ = Fe2+ + H2S↑ Vodorod sulfid rangsiz gaz bo’lib, undan palag’da tuxum hidi keladi; u nihoyatda zaharlidir; H2S havoda yonib havo yetarli darajada kirib turganda oksidlanadi-da SO2 ga aylanadi: 2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O Tuzilish Uning molekulasidagi oltingugurtning bir atomi musbat 6 valentli, ikkinchi atomi manfiy 2 valentli ekanligini ko’rsatadi. Tiosulfat kislota erkin holda olingan emas. Natriy tiosulfatga kuchli kislota ta’sir ettirilganda S, SO2 va H2O hosil bo'ladi Tenglamalar Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: S2O32– + 2H+ = S + SO2 + H2O Tiosulfat-yaxshi qaytaruvchi, u masalan xlorni xlorid kislotagacha qaytaradi: Na2S2O3 + Cl2 + H2O = Na2SO4 + S + 2HCl Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: S2O32– + Cl2 + 2H2O = SO42– + S + 2Cl– + 2H+ Natriy tiosulfat kumush bromid bilan reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan kompleks tuz hosil qiladi: AgBr + 2Na2S2O3 = Na3[Ag(S2O3)2] + NaBr Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: AgBr + 2S2O32– = [Ag(S2O3)2]3– + Br– Natriy tiosulfatning fotografiyada fotoplastinka va fotoqog’oz ochiltirilgandan keyin hosil bo’lgan tasvirni mustahkamlash uchun ishlatilishi ana shu reaksiyaga asoslangan. Sulfat angidrid sufit angidridni katalizator ishtirokida kislorod bilan oksidlash orqali olinadi: 2SO2 + O2 = 2SO3 Tabiatda har xil birikmalar tarkibiga kirgan holda oz miqdorda uchraydi, bu elementlar, odatda tarkibida metall sulfidlar bor rudalarda bo’ladi. Selen va tellur H2SO4 korxonalarining chiqinchilaridan, shuningdek misni elektrolitik usul bilan tozalashda vannalar tubiga cho’kib qoladigan anod shlamidan (balchig’idan) olinadi. Selen va tellurning amorf modifikatsiyasi ham, kristall modifikatsiyasi ham ma’lum. Bu ikkala metalloid havoda barqarordir. Ular suvda, HCl da va suyultirilgan H2SO4 da erimaydi: HNO3 va konsentrlangan H2SO4 da zar suvida, shuningdek ishqorlarning konsentrlangan eritmalarida eriydi. Selenning elektr o'tkazuvchanligi yorug’lik ta'sirida o'zgaradi: uning elektr o'tkazuvchanligi yorug’likda qorong'idagiga qaraganda bir necha ming marta katta bo'ladi. Struktura Mаvzuni o’rgаnishdаn mаqsаd - Mаvzu bilаn tаnishgаn tаlаbа quyidаgilаrni bilib оlishi zаrur bo’lаdi:
- 1.Хalkogen so’zning manosi.
- 2. Yer atmosferasi ozon qatlamining emirilishi.
- 3. O, S, Se, Te, Po, haqida tushincha.
- 4. O, S, Se, Te, Po, elementlari Allotropiya haqida malumot.
- 5. O, S, Se, Te, Po, Yer yuzda tarqalish.
Do'stlaringiz bilan baham: |