Mavzu: Dehqonobod tumani tabiiy resurslari va ulardan foydalanish


Download 389.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana06.05.2023
Hajmi389.44 Kb.
#1434394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

mavzuni dolzarbliginidan dalolat beradi. 
Mamlakat istiqbolini belgilab beradigan sanoat soxasini jadal rivojlantirish 
bilan bog’liq ixtiyoriy islohatlarimizni amalga oshirish bundan keyin ham doimiy 
diqqat markazimizda bo’ladi. 
Ilmiyligi. Tumanda sanoat tarmoqlarini joylashtirishga tabiiy va texnik-
texnologik, demografik, iqtisodiy, ekologik ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil 
qilish shakllari transport vositalari, ishlab chiqarishni joylashtirish xarakteri ilmiy 
jihatdan asoslangan holda ta’sir ko’rsatadi. 
Sanoatni joylashtirish borasidagi muammolarni hal etish uchun qo’yidagi 
vazifalarga alohida etibor qaratish zarur: 
-tumanda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bozor sharoitiga mos 
ravishda olib borishni, uning tabiiy boyliklardan oqilona va samarali foydalanish: 
-tumanda kichik va o’rta biznesga tegishli sanoat korxonalarini qishloqlarda 
yaratish, ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat 
tarmoqlarini olib yurish maqsadga muvofiq bular edi: 



-sanoat obektlarini qurilish muddatini qisqartirish va ulardan foydalanish 
xarajatlarini keskin kamaytirish: 
-tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish sharoitlarini yaratish va hokazolar: 
Kurs ishi maqsadi. Dehqonobod tumanida sanoat korxonalarini 
rivojlantirishda va joylashtirishda, ularga ta’sir etuvchi iqtisodiy-ijtimoiy omillarini 
sanoat tarmoqlarini to’g’ri joylashtirishni asosiy maqsad qilib olganmiz. 



I BOB. SANOAT – MILLIY IQTISODIYOTNING YETAKCHI 
TARMOG`I 
1.1.Dehqonobod tumani tabiati 
Dehqonobod 
tumani — 
Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo 
viloyatida joylashgan boʻlib, 1926-yil 29-sentabr da tashkil etilgan (1962-yil 24-
dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tuzildi). 
Dehqonobod tumani viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Gʻuzor 
tumani, shimoli-sharqda Qamashi tumani, janubi-sharqda Surxondaryo viloyati
gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming km
2
. Aholisi 153,1 
ming kishi (2022). Dehqonobod tumanida 1 ta shaharcha (Qorashina), 14 qishloq 
fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Boshchorboq, Duob, 
Obiravon, Oqirtma, Oqqishloq, Oqrabot, Oqtosh, Qizilcha, Qirqquloch, Qorashina, 
Qoʻrgʻontosh) bor. Markazi — Qorashina shaharchasi.
[1]
 
Tabiati 
Relyefi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Hisor tizmasining gʻarbiy tarmoqlari — 
Bobosurxon, Qorasirt), past togʻlar (Oqtosh, Sayfi, Kesik, Usmontov, Tepaqoʻrgʻon) 
va togʻ oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, 
Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqoʻton) va qurilish materi-allari (ohaktosh, 
shagʻal, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 
0,6°, iyulniki 28,4°. Yiliga oʻrtacha 277 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan 
Gʻuzor daryosining irmoqlari: Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. 
Tumanning janubi-gʻarbiy qismida yozda qurib qoladigan Qizilcha va Gajaksoy kabi 
soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod 
tumanining togʻli qismida yupqa togʻ-qoʻngʻir tuproq, togʻ oldi va tekislik qismida 
och boʻz tuproq (baʼzan shoʻrxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida 
archa, zarang, uchqat oʻsadi. Past togʻ etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, shoʻra, 
yantoq, efemerlar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman togʻli qismida qoplon, ayiq, 
qobon, togʻ echkisi, boʻri, tulki, jayra, sugʻur va b. uchraydi. Kemiruvchilardan kala-
mush, sichqon, qushlardan kaklik va b. yashaydi. 



Aholisi 
Aholisi, asosan oʻzbek va tojiklardan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km
2
ga 
38,3 kishi. Shaharliklar 28,8 ming kishi, qishloq aholisi 124,3 ming kishi (2022-yil). 
Iqtisodiyoti 
Tumandagi eng yirik korxona Dehqonobod kaliy zavodi hisoblanadi. Zavod 2011-yil 
6-iyuldan buyon kaliyli tuzlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 80 foizi chet elga 
eksport qilinmoqda. DKZ 2021-yil 1-dekabr holatida 447,85 mlrd. soʻm jami tushum, 
7,90 mln. soʻm sof foyda olgan
[2]
. Tumanda bir qator kichik xususiy sexlar ham 
mavjud. Dehqonobod tumani xoʻjaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik 
tashkil qiladi. Ekin maydon 47,4 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 2,1 ming ga, 
yaylovlar 237,4 ming ga. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari, hisori qoʻylar, angor zotli 
echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish karyeri, junni qayta ishlash 
zavodi, konserva tayyorlash sexi mavjud. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, 
Gʻuzor — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl oʻtgan. 
Ijtimoiy soha 
2000/01 oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi 
faoliyat koʻrsatdi. Tumanda „Togʻ goʻzali“ ashula va raqs ansambli, „Qoʻngʻirot“ 
folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 
6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq 
vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud boʻlib, 650 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli 
tibbiy xodim ishlaydi. 1972-yildan „Dehqonobod ovozi“ tuman gazetasi chiqadi 
(adadi 2000). 
Moddiy madaniy meros obyektlari 
Dehqonobod tumanida 40 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy 
merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. 

Download 389.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling