Dehqonobod tumani tarixi. Arxeologiya yodgorliklari. Dehqonobod tumani obyektlari


Download 107.66 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi107.66 Kb.
#1748551
  1   2
Bog'liq
dEHQONOBOD TUMANI


MAVZU: DEHQONOBOD TUMANI
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM:

  1. Dehqonobod tumani tarixi.

  2. Arxeologiya yodgorliklari.

  3. Dehqonobod tumani obyektlari

XULOSA
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH

Dehqonobod tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan boʻlib, 1926-yil 29-sentabr da tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tuzildi). Dehqonobod tumani viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Gʻuzor tumani, shimoli-sharqda Qamashi tumani, janubi-sharqda Surxondaryo viloyati, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming km2. Aholisi 153,1 ming kishi (2022). Dehqonobod tumanida 1 ta shaharcha (Qorashina), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Boshchorboq, Duob, Obiravon, Oqirtma, Oqqishloq, Oqrabot, Oqtosh, Qizilcha, Qirqquloch, Qorashina, Qoʻrgʻontosh) bor. Markazi — Qorashina shaharchasi.
Relyefi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Hisor tizmasining gʻarbiy tarmoqlari — Bobosurxon, Qorasirt), past togʻlar (Oqtosh, Sayfi, Kesik, Usmontov, Tepaqoʻrgʻon) va togʻ oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqoʻton) va qurilish materi-allari (ohaktosh, shagʻal, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0,6°, iyulniki 28,4°. Yiliga oʻrtacha 277 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Gʻuzor daryosining irmoqlari: Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Tumanning janubi-gʻarbiy qismida yozda qurib qoladigan Qizilcha va Gajaksoy kabi soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod tumanining togʻli qismida yupqa togʻ-qoʻngʻir tuproq, togʻ oldi va tekislik qismida och boʻz tuproq (baʼzan shoʻrxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida archa, zarang, uchqat oʻsadi. Past togʻ etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, shoʻra, yantoq, efemerlar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman togʻli qismida qoplon, ayiq, qobon, togʻ echkisi, boʻri, tulki, jayra, sugʻur va b. uchraydi. Kemiruvchilardan kala-mush, sichqon, qushlardan kaklik va b. yashaydi.

DEHQONOBOD TUMANI TARIXI


DEHQONOBOD TUMANI – Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda G’uzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971 yil 31 avgustda qayta tuzildi). Dehqonobod tumani viloyatning Janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-g’arbda G’uzor tumani, shimoli- Sharqda Qamashi tumani, Janubi-Sharqda Surxondaryo viloyati, g’arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming kilometr kvadrat. Aholisi 100,3 ming kishi (2000). Dehqonobod tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod), 14 qishloq fuqarolari yig’ini (besh-qo’ton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Bosh-Chorboq, Duob, Karashina, Obiravon, Oqirtma, Oqravot, Oqtosh, Oqqishloq, Kizilcha, Qirqquloch, Qo’rg’ontosh) bor. Markazi — Karashina qishlog’i. Tabiati. Relefi o’rtacha balandlikdagi tog’lar (Hisor tizmasining g’arbiy tarmoqlari — Bobosurxon, Qorasirt), past tog’lar (Oqtosh, Sayfi, kesik, Usmontov, Tepaqo’rg’on) va tog’oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqo’ton) va qurilish materiallari (ohaktosh, shag’al, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 0,6°, iyulniki 28,4°. Yiliga o’rtacha 277 millimetr yog’in tushadi. Tuman hududidan G’uzor daryosining irmoqlari: kata O’radaryo va kichik O’radaryo oqib o’tadi. Tumanning Janubiy-g’arbiy qismida yozda qurib qoladigan qizilcha va Gajaksoy kabi soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod tumanining tog’li qismida yupqa tog’-qo’ng’ir tuproq, tog’ oldi va tekislik qismida och bo’z tuproq (ba’zan sho’rxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida archa, zarang, uchqat o’sadi. Past tog’ etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, sho’ra, yantoq, efemerlar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman tog’li qismida qoplon, ayiq, qobon, tog’ echkisi, bo’ri, tulki, jayra, sug’ur va boshqalar uchraydi. Kemiruvchilardan kalamush, sichqon, qushlardan kaklik va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 24,4 kishi. Shaharliklar 7,4 ming kishi. Xo’jaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin maydoni 47,4 ming gektar, ko’p yillik daraxtzorlar 2,1 ming gektar, yaylovlar 237,4 ming gektar. Yaylovlarda Qorako’l qo’ylari, hisori qo’ylar, Angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish kareri, junni qayta ishlash zavodi, konserva tayyorlash tsexi mavjud. Tuman hududidan katta O’zbekiston trakti, G’uzor — Qumqo’rg’on temir yo’l o’tgan. 2000/01 o’quv yilida 88 umumiy ta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat ko’rsatdi. Tumanda «Tog’ go’zali» ashula va raqs ansambli, «Ko’ng’irot» folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud bo’lib, 650 ga yaqin oliy va o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1972 yildan «Dehqonobod ovozi» tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).
Aholisi[
Aholisi, asosan oʻzbek va tojiklardan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 38,3 kishi. Shaharliklar 28,8 ming kishi, qishloq aholisi 124,3 ming kishi (2022-yil).
Iqtisodiyoti[
Tumandagi eng yirik korxona Dehqonobod kaliy zavodi hisoblanadi. Zavod 2011-yil 6-iyuldan buyon kaliyli tuzlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 80 foizi chet elga eksport qilinmoqda. DKZ 2021-yil 1-dekabr holatida 447,85 mlrd. soʻm jami tushum, 7,90 mln. soʻm sof foyda olgan[2]. Tumanda bir qator kichik xususiy sexlar ham mavjud. Dehqonobod tumani xoʻjaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin maydon 47,4 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 2,1 ming ga, yaylovlar 237,4 ming ga. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari, hisori qoʻylar, angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish karyeri, junni qayta ishlash zavodi, konserva tayyorlash sexi mavjud. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Gʻuzor — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl oʻtgan.
Ijtimoiy soha[
2000/01 oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat koʻrsatdi. Tumanda „Togʻ goʻzali“ ashula va raqs ansambli, „Qoʻngʻirot“ folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud boʻlib, 650 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1972-yildan „Dehqonobod ovozi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).
Moddiy madaniy meros obyektlari[
Dehqonobod tumanida 40 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[3].



Download 107.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling