Mavzu: detallarning chidamliligini oshirish usullarini o’rganish. Reja: Datallar haqida tushuncha. Ularning chidamliligi. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.04 Mb.
|
detallarning chidamliligini oshirish usullarini o’rganish.
Mavzu:detallarning chidamliligini oshirish usullarini o’rganish. Reja: 1.Datallar haqida tushuncha. 2.Ularning chidamliligi. 3.Xulosa. 4.foydalanilgan adabiyotlar.Detal - mashinaning bir xil materiallardan tayyorlangan va alohida bolaklarga ajralmaydigan qismi. Masalan, bo‘lt, gayka, shkiv, tishli gildirak va boshqalar. Uzel — bir necha detallaming yig'indisidan iborat b oiib, mashinada biror bir ishni bajarishga m oijallangan. Mashinasozlikda bir turdagi mashinalar uchun umumiy b oigan detal va uzellardan tashqari faqat bir yoki bir necha mashinalarda ishlaydigan detal va uzellar ham uchraydi, masalan, paxta tozalash mashinasining arrasi, to‘qimachilik mashinalarda ishlatiladigan urchuq, tikuv mashinalarida ishlatiladigan ignalar va boshqalar. Bu detallarni loyihalash va hisoblash mahsus kurslarda o‘rganiladi. Mashina detallari - 1) bir jinsli materialdan yigʻib tayyorlanadigan mashina, asboblar, apparatlar yoki qurilmalar qismi; umumiy va maxsus ishlarga moʻljallangan xillari bor. Umumiy ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga koʻpgina mashinalar, asboblar va boshqa uchun tipik boʻlgan detallar (mas, tishli gʻildiraklar, qisqa va uzun o'lchamli vallar, oʻqlar, boltlar, shponkalar, gaykalar), shuningdek, egiluvchan (qayishqoq) va korpus detallar kiradi. Egiluvchan Mashina detallari zarb energiyasini titrashlar va boshqalarni soʻndirish uchun ishlatiladi; bularga membrana, prujina, rezina vtulkalari va qistirmalar, ressoralar va boshqa kiradi. Korpus Mashina detallari mashinadagi taʼsir etuvchi asosiy kuchlarni qabul qiladi; bularga poydevor ramalari, plitalar, staninalar kiradi. Mashina detallari aloxida guru-hini moylash qurilmalari va moy oʻtkazgichlarning detallari (filtrlar, shtutserlar, moy koʻrsatkichlar va boshqalar) tashkil etadi. Maxsus ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga faqat maʼlum turdagi mashinalarning detallari (turbina kuraklari, tirsakli vallar, havo vintlari va boshqalar) taallukdi boʻladi; 2) mashina detallarining nazariyasi, ularni hisoblash va qurish haqidagi ilmiy fan; mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, materialshunoslik bilan, detallarni texnik chizma yordamida tayyorlash va yigish bilan, buyumlarning puxtaligi hamda texnik diagnostikasi bilan bogʻliq. Oʻzbekiston Respublikasida Mashina detallari sohasidagi ilmiy tadqiqot lar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida, Toshkent texnika untida, Toshkent avtomobil yoʻllari va transport instituti, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti va boshqalarda olib borilmoqda. Loyihalanyotgan mashina detailarining ishlash Iayoqati ularning mustahkamligi, bikrligi, issiqqa, yeyilishga va titrashga chidamliligi bilan belgilanadi. Detallaming ishlash Iayoqati uning ishlash sharoitiga qarab belgilanadi. Detallaming qanday sharoitda ishlashiga qarab, qanday shart qo‘yilishni belgilash kerak va shu shartni bajarilishni ta’minlash lozim. Mustahkamlik - detaining defformatsiyalanishi me’yorida bo’lgan holda ma’lum vaqt davomida ishlay olish xususiyati. Detallaming mustahkamligi uning xavfli kesimdagi normal va urinma kuchlanish7 larining qiymati bilan belgilanadi. Detallami mustahkamlikka hisoblash asoslari «Materiallar qarshiligi» kursida o‘rganiladi. Detallarni mustahkamligini ishchi yuzalarini termik qayta ishlash, kuchlanishlarni to‘planish holatini kamaytirish, ratsional forma tanlash voilari bilan oshirish mumkin. Detallarning yeyilishga chidamliligi, materiallarning fizika-mexanika xususiyatlari, termik qayta ishlanishi, aniqlik darajasi, ishqalanayotgan ishchi yuzalar o’rtasidagi bosim, sirpanish tezligi, ishqalanish rejimi, ishlash sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Detallarning yey i lishi natijasida o ‘zaro ishqalanuvchi yuzalar o’rtasidagi bo‘shliq oshadi, natijada ish jarayonida shovqin chiqishiga, qo‘shimcha dinamik kuchlarning hosil bo’lishiga hamda detallarning tezda ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, detallari yeyilgan mashinalarda tayyorlangan mahsulotlarning o’lchamlari aniq chiqmaydi. Ishchi yuzalariga tashqi muhitdan abraziv zarrachalar kirmasligi uchun yaxshi zichlagichlar ishlatilishi, ishchi yuzalarni termik qayta ishlash, yuzalar o'rtasidagi bosimni bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash, suyuqlikdagi ishqalanish rejasini ta’minlash yo’llari bilan detallarning yeyilishini kamaytirishi mumkin. Xulosa Detallarni o‘zaro mahkamlash uchun asosan yirik rezbalar ishlatiladi, nisbatan kam yeyiladi. Mayda qadamli rezbalar o‘zgaruvchan kuchlanish ta'sir qiluvchi mexanizmlarda, devorlarning qalinligi yupqa boig an detallarni mahkamlashda ishlatiladi. Rezbaning shartli belgisi M harfi bilan belgilanadi, yonidagi son uning tashqi diametrini bildiradi. Masalan, M24, demak metrik rezba d=24mm. Agarda rezba mayda qadamli bo‘lsa, qadam oicham I ko‘rsatiladi, masalan M 24xl,5, bunda metrik rezba tashqi diametric d=24mm, qadami Ph= 1,5mm. Detallarni mustahkamligini ishchi yuzalarini termik qayta ishlash, kuchlanishlarni to‘planish holatini kamaytirish, ratsional forma tanlash voilari bilan oshirish mumkin. Bikrlik detallarning ishlash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida elastik deformatsiyasi ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi uchun bikrligi ta’minlangan boMishi kerak. Masalan. vallarning bikrligi ta’minlangan boMsa, ularga o ‘rnatilgan podshipniklar, tishli gildirak, muftalarni yaxshi ishlashiga sharoit tug‘dirilgan bo’ladi. Bikrlikni ruxsat etilgan qiymatlarini elastik nazariyasi asosida aniqlash mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O'zA- O'zbekiston Respublikasi Prezedenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisiga Murajatnomasi. 2020yil 24-yanvar 2. U. Abdullayev. Chizmageometriya va chizmachilik asoslaгi. 1999 y. 3. "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik ta'limi konsepeksiyasi'' 1995-y. 4. A.Umronxojev. "Maktabda chizmachiliko'qitishni takomillashtirish" Toshkent, O'qituvchi - 1993-y. 5. I.Rahmonov, A.Valiyev "Chizmachilik" 2011 - y 6. V.O.Gordon "Texnik chizmachilik asoslari" 1934 - y V. V.I.Kuzmenko, S.I.Dembinskiy "O'rta maktablarda chizmachilik o'qitish metodikasi" 1965 – y. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling