Zanjirli uzatma yetakchi va yetaklanuvchi yulduzchalardan va ularni qamrab oluvchi zanjirdn iborat (2-shakl).
Friksion uzatma ikki parallel vallar orasida bir-biriga kuch bilan siqiladigan ikkita katoklardan iborat (3-shakl, a). Agar vallarning o’qlari o’zaro kesishadigan bo’lsa, konusaviy friksion katoklar qo’llaniladi (3-shakl, b). Aylanma harakat yetakchi katokdan yetaklanuvchi katokka ishkalanish kuchi yordamida uzatiladi.
Parallel vallar orasidagi tishli uzatmalar tashqi (4-shakl, a) yoki ichki (4-shakl, b) ilashmada bo’lgan silindrik tishli g’ildiraklar vositasida amalga oshiriladi.
Vallarning geometrik o’qlari kesishgan hollarda konus tishli g’ildiraklar qo’llaniladi (4-shakl, v).
Chervyakli uzatma, vallar o’zaro aykash bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Chervyakli uzatma chervyak va chervyakli g’ildirakdan iborat (5-shakl).
Reykali uzatma aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantirish uchun xizmat qiladi va silindrik va tishli reykadan iborat bo’ladi (6-shakl).
Xrapovikli mexanizm tishli g’ildirak (xrapovik) va xrapovik tishlari orasidagi botika kirib turadigan maxsus detallardan (sobachkadan) iborat. Bu mexanizm valni fag’at bir tomonga aylantiradi.
Xropovikli mexanizm valga aylanma harakatni vaqt-vaqt bilan uzatish uchun ham qo’llaniladi (7-shakl).
1-shakl 2- shakl
3- shakl, а, б. 4- shakl
5- shakl 6- shakl 7- shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |