Mavzu: Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari Reja


Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari


Download 131 Kb.
bet2/5
Sana19.10.2023
Hajmi131 Kb.
#1710044
1   2   3   4   5
Bog'liq
Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari

Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari

Alkogolizm (ichkilikbozlik), bayram, tantanali marosimlar, oilaviy tantanalarni ŏtkazishda, shuningdek, shaxsiy muammolarni hal etish yŏlida spirtli ichimliklar ichish majburiy bŏlib Qolganligi an’anasi insonlar hayotida alkogolni qattiq ŏrnashib Qolganligiga asos bŏladi. Lekin bu sotsial-madaniy an’ana jamiyatga Qimmatga tushmoqda. Statistikaga kŏra, sobiq ittifoq davrida mayda bezorilikni 90%, tajavuzkorlikni 90%, boshqa jinoyatlarni Qariyib 40% ichkilikbozlik bilan bog’liq bŏlgan. Tarix guvohlik beradiki, jamiyat alkogolizmga Qarshi 2 yŏl bilan kurashgan: 1) Spirtli ichimliklarni chegaralash, ularni ishlab chiqarishni va sotishni qisqartirish, narxini oshirish, ta’qiq va chegaralarni buzganligi uchun jazoni kuchaytirish yŏlidir. 2) Bu alkogolga ehtiyojni kamaytirishga Qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish, hayotni sotsial va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, umumiy madaniy va ma’naviyatni ŏsishi, alohida alkogolsiz fe’l-atvor stereotiplarini shakllantirish yŏlidir. Ikkinchi yŏl maqsadga muvofiqdir, lekin bu alkogolizmga Qarshi kurashni administrativ yŏlini rad etmaydi. Bu 2 yŏlni birga ongli ravishda muvofiqlashtirish lozim.


Giyohvandlik (narkomaniya). Shaxsga va jamiyatga bugun buzg’unchi ta’sir kŏrsatuvchi, og’ir sotsial oqibatlariga kŏra giyohvandlik asosiy ŏrin tutadi. Sotsiologik tadqiqotlar kŏrsatishicha, odamlar rohat olish, ŏtkir hissiyotlarga kirishish uchun giyohvand moddalarga berilib Qoladilar. Giyohvandlar asosan

yoshlar ichida kŏp uchraydi. Tadqiqotlar yana shuni kŏrsatadiki, kŏpchilik boshqa odamlar ta’siri ostida, asosan dŏstlari, tanishlari orqali giyohvand moddalarga berilib qolmoqdalar. Xavfli tomni shundaki, narkotiklar Qabul Qilishni boshlanish etaplarida odam hech Qanday yomon ta’sir, og’ir sezmaydi, aksincha giyohvand moddani Qabul Qilganda kayfiyat kŏtariladi. Jism shunday rohat oladiki, buni kŏpchilik sog’liqga yaxshi yordam beradi, tinchlantiradi deb ŏylaydi. Jismoniy va psixik degradatsiya bosqichida esa, ular boshi berk kŏchaga kirib Qolganligini anglab etadilar. Lekin bu odatdan vos kechishga kuchlari etmaydi, unga bŏysunib Qoladilar. Giyohvandlik bilan kurashida sotsial, iqtisodiy, madaniy xarakterdagi chora-tadbirlar va shuningdek maxsus meditsinaga oid, huquqiy chora-tadbirlardan foydalaniladi.




Suitsid (ŏz-ŏzini ŏldirish). Suitsid bu odamning ŏzini-ŏzi ŏldirishga harakat Qilishdir. Kŏp hollarda suitsid chetga og’uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi mumkin bŏmagan muammolardan, umuman hayotdan Qutulish usuli bŏlib keladi. Bunday hollar kuzatilib, ŏrganilib, shunday xulosaga kelindiki, ular ma’lum darajada jins, yosh ma’lumot, sotsial va oiladagi tutgan ŏrniga bog’liq holda kelib chiqadi. Suitsidlar, asosan rivojlangan davlatlarda kŏp uchraydi va bugungi kunda ularni kŏpayishi kuzatilmoqda. Erkaklar orasida sodir etilayotgan suitsid hollari ayol orasidagiga Qaraganda kŏproq og’ir ahvollarga olib keladi. Ŏz joniga Qasd Qilish 20 yoshgacha va 55 yoshdan oshganlar ichida uchraydi. Hozirgi ŏz-ŏzini ŏldirish hollari 10-12 yoshli bolalar ichida ham kuchaymoqda. Jahon statistikasiga kŏra, suitsid fe’l-atvor kŏpincha shaharlarda, yolg’iz yashovchi odamlar orasida kuzatiladi. Ŏrta Osiyoda 60-yillardayoq ayollar ichida ŏz joniga Qasd Qilish hollari kuzatilgan. Asosan ŏzini yoqish kŏpaygan. Buning sotsial sababi ayollarga bŏlgan notŏg’ri munosabatlar, ularga jamiyat tomonidan befarq Qaralganligi turmushdagi Qiyinchiliklar, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishga, ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etishda zarur shart-sharoitni yaratish bilan bog’liq bŏlgan muammolarni mahalliy boshqarish organlari tomonlaridan notŏg’ri hal etilganligidir.


Fohishabozlik. Bu termin lotincha «Prostitutio» sŏzidan olingan bŏlib, or-nomusni yŏqotish, xŏrlash, toptash degan ma’nolarni beradi. Mehnat taqsimoti,

shaharlarni vujudga kelishi jarayonida paydo bŏlgan fohishabozlik kapitalistik munosabatlar bilan bir Qatorda rivojlanib bordi. XX asrning 20 yillarining boshlaridan Evropada ham, Shimoliy Amerikada fohishabozlikni kamayishi kuzatilmoqda. Bu an’anani sababi tadqiqotchilarni fikriga kŏra ayollarni iqtisodiy ahvolini yaxshilanishi, birovga Qaram bŏlib Qolmasligidir. Sobiq ittifoqda fohishabozlik tŏg’risida gapirilmas edi, yaqindan boshlab tadqiqot natijalari ochiq matbuotda e’lon Qilina boshlandi, Qaerlardadir bu harakatlar Qonuniylashtirilgan. 20-yillarda kŏp ayollar bunday ish bilan ochlik va etishmovchilik tufayli shug’ullanishgan. Ular asosan ma’lumoti past ayollar edi. Bugungi kunda sotsial va yosh bazasini keskin kengayishi kuzatilmoqda. Ayollar bunday ishni ochlikdan, yŏqchilikdan emas, balki moddiy ahvolini yanada yaxshilashga, «chiroyli hayot»ga intilishlari tufayli qilmoqdalar. Fohishabozlikka Qarshi turli siyosatlar olib borilgan: progibitsionizm (ta’qiq), reglamentatsiya (rŏyhatga olish va meditsinaga oid kŏrsatish), abolitsionizm (profilaktika), tushuntirish-tarbiyalash ishlari. 1-2 formani etarlicha effektiv emasligi ma’lum bŏldi. Moddiy manfaatdorlikni ŏsishi bilan ayollarni axloqiy ŏsishi fohishabozlikni bora-bora chetga chiqishiga yordam beradi.


Hozirgi kunda ŏsmirlar orasida deviant fe’l-atvorni ŏsishi dolzarb muammo bŏlib qolmoqda. Ŏsmirlar kŏpincha chetga og’uvchi hatti-harakatlarni ongsiz ravishda, behosdan Qiladilar. Shuning uchun ularning kŏpchiligi Qilgan ishlarini mohiyatini anglab etmaydi, ŏz xatosini, aybini kŏrmaydi. Sŏrovlar natijasiga kŏra, ŏsmirlarni kŏpchiligi ŏz jinoiy ishlarini sababini tashqi shart-sharoitlardan Qidiradilar, tashqi dunyoni ayblaydilar, sŏralganlarni tŏrtdan bir Qismi ŏxshash vaziyatda har biri shuday hatti-harakat Qilishini aytib ŏtganlar. Ŏsmirlarni hatti-harakatida chetga og’ish hollarini asosida sotsial-madaniy ehtiyojlarni rivojlanmaganligi, ma’naviy dunyoni etishmovchiligi yotadi. Shuni ham ta’kidlab ŏtish lozimki, yoshlar deviatsiyasi-jamiyatdagi sotsial munosabatlarni aks ettishidir. Chetga og’uvchi fe’l-atvor sabablarini topish, sotsial yordam tizimini tashkil Qilish, tushuntirish tarbiya ishlarini olib borish bŏyicha yaxshi ŏylangan,

maqsadli yŏnaltirilgan ishlar Qilish kerak. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu – oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishdan sog’lom oila muhitini ŏrni kattadir. Qolaversa, inson hatti-harakati va xulq-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat jamoasi, umumdavlat miqyosida esa Qonunni himoya Qilish organlari (sud, prokuratura, militsiya) ham nazorat Qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy nazorat institutlari vazifasini bajarishadi.






  1. Download 131 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling