Mavzu: “Devonu lugʻotit turk”ning tuzulishi


Download 26.08 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1405724
  1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu Devonu lugʻotit turk ning tuzulishi .


Mavzu: “Devonu lugʻotit turk”ning tuzulishi .

Reja:

  1. Kirish

  2. Devonu lugʻotit turk” asarining tuzulishi va asosiy mazmuni

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish



Mavzuning dolzarbligi. Har bir millat oʻz milliy tarixini oʻrganish orqali davrlar mobaynida roʻy bergan voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy hayot qanday kechganligi va rivojlanish qay yoʻsinda boʻlganligini aniqlash mumkin. Bu tarixni oʻrganishda biz asosan, yozma manbalardan foydalanamiz. X asrda yashagan Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻat at-turk” asari ham qimmatli birlamchi manba hisoblanadi. Biz bu asarni oʻrganish orqali X asr turkiy xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotining ayrim jihatlarini maʼlum bir darajada anglaymiz.
Mavzuning oʻrganilish darajasi. V. V. Bartold Devoni lug‘otit turkdan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Tilshunos olim V. I. Belyayev Devoni lug‘otit turk haqida shunday yozadi: "Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan. Muallif bergan maʼlumotlar... arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda". Nemis sharqshunosi K. Brokkelman Devoni lug‘otit turk asarini 1928- yil nemis tiliga tarjima qildi. Devoni lug‘otit turk qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. Devoni lug‘otit turk ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957-y. amalga oshirildi. Devoni lug‘otit turk ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63-yillari Toshkentda Fan nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida XI asr filologlari, Qutadgʻu bilig asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Devoni lug‘otit tur oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi, izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan koʻrsat-kichdir. Unda Devoni lug‘otit turkda uchragan soʻzlar alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi.


Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling