Mavzu: “Devonu lugʻotit turk”ning tuzulishi


“Devonu lugʻat at-turk” asarining tuzulishi va asosiy mazmuni


Download 26.08 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1405724
1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu Devonu lugʻotit turk ning tuzulishi .

2. “Devonu lugʻat at-turk” asarining tuzulishi va asosiy mazmuni


XI asrda bir qancha ilmiy, tarixiy asarlar yaratilgan bo‘lsa ham, bu asarlarning ko‘plari bizga yetib kelmagan. Beruniy asarlari va Ibnul Asir, Jurji Zaydon va boshqa tarixiy asarlar u davrgacha bo‘lgan ko‘pgina noyob asarlarni Xalifa Qutayba har yerdan topdirib yondirtirganidan darak beradilar. S.P.Tolstov u davrlarda Qutayba har bir yozuv bilgan kishini halok qilgan, deb yozadi. Shuning uchun u asarlarning ko‘plari bizga yetib kelmagan. U davrdan bizga salomat yetib kelgan asarlarning biri “Devonu lugʻatit turk”dir.
Bu asar katta hajmlik uch tomdan iboratdir. Asar muallifi Mahmud Koshg‘ariy izohidan maʼlum boʻlishicha, har uch tom 469-yilgacha (xijriy) yozib bitgan. U shunday yozadi: «Nok yili turklarnin oʻn ikki yil nomlarining biridir. Bu kitobning yozilgan yili nok yili edi»1. Asarning yozilib bitgan yili aniq boʻlsa ham, asar ustida qancha vaqt ishlagani haqida biror ma’lumot yoʻq. Asarning kattaligi, koʻp qirrali ekanligi, unda juda katta ilmiy masalalar koʻpligi bu haqda muallif 15 yil ishlagan degan rivoyatning toʻgʻri boʻlishiga shubha qoldirmaydi. Bizga devonning birgina qoʻlyozmasi yetib kelgan. Qoʻlyozma Istanbulda saqlanadi. Qoʻlyozma haqida bungacha deyarlik toʻliq ma’lumot berilmagan. Shuning uchun biz qoʻlyozma haqidagi biror fikr aytolmaymiz. Qoʻlyozmani koʻchiruvchi kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiy ma’lumotlariga koʻra, u qoʻlyozma asar muallifi Mahmud Koshgʻariyning oʻz qoʻli bilan yozilgan nusxadan koʻchirgandir.
Lekin qoʻlyozma bizda yoʻqligi uchun biz oʻz tarjimamizda (Devon tarjimasida) Istambulda bsoilgan bosma nusxa asosida ish koʻrdik. Bosma nusxa katta hajmli uch tomlikdir.
I tom ˗ 436 bet, II tom ˗ 294 bet, III tom ˗ 333 bet. I-II tomlar hijriy hisobida 1333-yilda bosilgandir. Bu qimmatli asarni bostirish qanchalik muhim boʻlsa, bu ishda u yagona nusxaning butun xususiyatlarini toʻla berish, zarur oʻrinlarni izohlash va nihoyat ehtiyotkorlik bilan ish olib boorish shuncha muhim va zarur edi. Lekin bosma nusxada bu asosiy qoida unutilgan. Biz oʻz tarjimamizni Bosim Ataliy nusxasiga solishtirib katta foyda oldik. Mundarijasiga koʻra devonni ikkita asosiy boʻlimga ayirish mumkin.
1. Muqaddima
2. Lugʻat qismi
Muqaddimada muallif turk tilining ahamiyati va xususiyatlari, oʻz oldiga qoʻygan maqsadi, asarning tuzilish tartibi, qoʻllanilgan yozuv, fe’llardan yasalgan ismlar, soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi, zikr qilingan sifatlar, masdarlar haqida, turk tabaqalari va qabilalari haqida qisqacha izoh beradi.
Lugʻat boʻlimida muallif u davrda iste’molda boʻlgan hamma soʻzlarni qamrashga intilgan va ularni yetarli darajada ilmiy, tarixiy nuqtai nazardan keng va toʻliq yoritgan. Mahmud Koshgʻariyning soʻziga koʻra, u oʻzining bu asarida oʻsha davrda iste’moldan chiqqan soʻzlardigina tushurib qoldirgan.
Soʻz shakllarini shuncha uzoq muddatga yetkazishda Mahmud Koshgʻariy tutgan alohida tartibning ahamiyati kattadir. Bu tartib asosida qoʻlyozma zararlangan, oʻzgargan taqdirda ham qaysi soʻz qanday boshlanganligini aniqlash osondir. Ehtimol, Mahmud Koshgʻariyning bu tartibni qoʻllashda kuzatgan maqsadi ham shudir.
Tillarning qadimgi davrlarida yuzaga kelgan oʻziga hos davriy yangiliklar oʻsha davr yozma yodgorliklari saqlanib qolgandir. Hozirgi oʻzbek tili bu kunninggina mahsuli emas, balki ma’lum bir tarixiy bosqichda qadim yuzaga kelgan boshlangʻich, sodda tilning oʻzgargan, takomillashgan holidir. U bungacha fonetika, leksika, morfologiya va boshqa sohalarda katta oʻzgarish va taraqqiyot etaplarini kechirgan. Ana shu oʻzgarish va taraqqiyot yoʻllari va uning qadimgi ahvoli qanday boʻlganini, u vaqtlardan boshlab tilda qanday yangiliklar yuzaga kelganini, ularni nimadan iborat ekanini ilgarigi yozilgan yodgorliklar ustida qiyosiy asosida tekahirish hal qiladi. Til tarixini oʻrganish, tilda yuzaga kelgan o’zgarishlar, ayni vaqtda xalq tarixi uchun ham asos boʻladi. Chunki tilda yuzaga kelgan yangilik, jamiyatda yuzaga kelgan taraqqiyot va oʻzgarish bilan maydonga keladi.
„Devonu lugʻotit turk“ (arabcha): ديوان لغات الترك; tarjimasi „Turkiy soʻzlar devoni“).
Devonu lug‘otit turk»-adabiy manba. Unda turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, 700 satrdan oshiq she'riy parchalar o‘rin olgan. «Devon»da keltirilgan she'riy parchalardan 150 satrga yaqini islom davri she'riyatiga xos bo‘lgan «bayt» tipidagi masnaviy, qasida, g'azal, qit'a parchalari bo‘lib, muallif ularni «bayt» deb ataydi.«Devon»dagi qo‘shiqlar ko‘proq jangnoma xarakterida bo‘lib, ba'zi yirik she'riy parchalarga shartli ravishda «Tangutlar bilan jangnoma», «Uyg'urlar bilan jangnoma», «Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo‘yilgan.



Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling