Mavzu: Dialektika falsafiy metod sifatida


Download 184.27 Kb.
bet1/5
Sana14.05.2023
Hajmi184.27 Kb.
#1458715
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa

Mavzu:Dialektika falsafiy metod sifatida

Reja:

1.Dialektika tushunchasi

2.Insonning ijodiy tafakkuri dialektika

3.Falsafada dialektika g`oyalarini ishlab chiqishdagi yo`nalishlari

Bajardi: Odilov Shaxzod

Dialektika so‘zi yunon tilida «suhbatlashuv san'ati», «bahslashuv san'ati» degan ma'noni bildiradi. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta'kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya'ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi. Lekin, nima uchun insonning ijodiy tafakkuri dialektikdir? Borliqning ziddiyatliligi borliq haqidagi fikrlarning ziddiyatliligida o‘z aksini topadi. Borliqning o‘zi doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lganligi uchun odamlar ko‘pincha shu haqda bahslashadilar.

  • Dialektika so‘zi yunon tilida «suhbatlashuv san'ati», «bahslashuv san'ati» degan ma'noni bildiradi. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta'kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya'ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi. Lekin, nima uchun insonning ijodiy tafakkuri dialektikdir? Borliqning ziddiyatliligi borliq haqidagi fikrlarning ziddiyatliligida o‘z aksini topadi. Borliqning o‘zi doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lganligi uchun odamlar ko‘pincha shu haqda bahslashadilar.

Uzoq vaqtgacha, dunyo o‘zgarmasdir, deb kelingan edi. Keyinchalik uning o‘zgaruvchanligi haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi. Geraklitning bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi, degan so‘zlarini eslaylik. Xo‘sh, faylasuflardan qaysi birlari haq? Dunyo o‘zgarmasdir, deganlarimi yoki, u o‘zgaruvchandir, deganlarimi? Sog‘lom fikr dunyoda o‘zgaruvchanlik ham, barqarorlik ham mavjudligidan dalolat beradi. Lekin ularning ziddiyatli birligini tushunchalar tilida aks ettirish oson emas ekan. Harakatning mohiyatini tushunishga uringan qadimgi yunon faylasufi Zenon (490-430 er. avv.) ana shunday muammoga duch kelgan. O‘z mantiqiy muhokamalarining yakunida u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi xulosaga – harakat mumkin emas, degan xulosaga keladi. Bu mantiqiy paradokslar aporiyalar deb atala boshladi.

  • Uzoq vaqtgacha, dunyo o‘zgarmasdir, deb kelingan edi. Keyinchalik uning o‘zgaruvchanligi haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi. Geraklitning bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi, degan so‘zlarini eslaylik. Xo‘sh, faylasuflardan qaysi birlari haq? Dunyo o‘zgarmasdir, deganlarimi yoki, u o‘zgaruvchandir, deganlarimi? Sog‘lom fikr dunyoda o‘zgaruvchanlik ham, barqarorlik ham mavjudligidan dalolat beradi. Lekin ularning ziddiyatli birligini tushunchalar tilida aks ettirish oson emas ekan. Harakatning mohiyatini tushunishga uringan qadimgi yunon faylasufi Zenon (490-430 er. avv.) ana shunday muammoga duch kelgan. O‘z mantiqiy muhokamalarining yakunida u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi xulosaga – harakat mumkin emas, degan xulosaga keladi. Bu mantiqiy paradokslar aporiyalar deb atala boshladi.

Download 184.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling