Mavzu: Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot


Ikkinchidan, dialektika ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi


Download 56.88 Kb.
bet12/14
Sana13.11.2023
Hajmi56.88 Kb.
#1769748
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot

Ikkinchidan, dialektika ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi.

Ob'ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqasi va rivojlanishi. U sub'ektdan, inson va insoniyatdan qat'iy nazar mavjuddir. Sub'ektiv dialektika – bu sub'ektning fikrlash dialektikasi va uning ob'ektiv dunyoni bilishi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning o‘zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettiradi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi (ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik qonuniyati). Biroq, shu bilan bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‘z ichki mantiqiga ega. Ob'ektiv dialektika tafakkurda, sub'ektiv va ideal shakllarda aks etadi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika-qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-qarshilik ijtimoiy-tarixiy amaliyotda «yo‘qoladi». Hamonki sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettirar ekan, inson ob'ektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o‘zining izchil amaliy faoliyatini tashkil etish, bu faoliyat jarayonida ob'ektiv dunyoni va o‘zini o‘zi o‘zgartirishga qodir. Inson va jamiyat amaliyotida bilimlar in'ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi.

Noklassik dialektika. So‘nggi yillarda ayrim tadqiqotchilar Gegel dialektikasi va materialistik dialektikani klassik dialektika sifatida tavsiflab, dialektikaning to‘rtinchi, noklassik shaklini ham farqlamoqdalar. Hozirgi zamon G‘arb falsafasida dialektikaning ko‘rsatilgan shaklining eng muhim elementlari falsafiy mushohada yuritishning unga xos bo‘lgan germenevtik usulida namoyon bo‘lmoqda. Ammo bu yerda dialektik metod avvalo mazmunni talqin qilish vositasida aniqlash uchun (P.Riker), shuningdek anglab yetilayotgan ob'ektni vaziyat nqtai nazaridan tahlil qilish uchun qo‘llaniladi. Ammo XX asrda dialektikaning bir qancha noklassik konsepsiyalari vujudga keldi. Ularning qatoriga quyidagilar kiradi:


Download 56.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling