Mavzu: Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot


Tarixda quyidagi asosiy tarixiy shakllar ajratiladi


Download 180.69 Kb.
bet2/14
Sana03.02.2023
Hajmi180.69 Kb.
#1154663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mavzu Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot-fayllar.org

Tarixda quyidagi asosiy tarixiy shakllar ajratiladi:

Tarixda quyidagi asosiy tarixiy shakllar ajratiladi:

Antik davr dialektikasi bir tomondan mulohazaning umumiy xususiyati, katta bo’lmagan ilmiy tajribasi tufayli dunyo hodisalariga kuzatuvchan munosabatda bo’lgan bir paytda, boshqa tomondan esa asosan u allaqachon o’sha vaqtda hodisalarga dialektik yondashuv asosini to’g’ri o’zlashtirgani bilan ajralib turadi. Antik davr dialektikasi asoschilaridan biri Geraklit hisoblanadi. «Oqar suvga ikki marta tushib bo’lmaydi» degan mashhur ibora Geraklitga tegishli bo’lgan. Geraklit fikricha, dunyo jonli olov obrazi sifatida tasavvur qilingan. U olov harakati bosqichlarini ajratib ko’rsatgan. 

Geraklit fikricha, tabiatda ikki jarayon mavjud: «pastga yo’l» va «yuqoriga yo’l». «Pastga yo’l»: olov havoga, havo suvga, suv yerga aylanadi. «Yuqoriga yo’l»: yer suvga, suv havoga, havo esa olovga aylanadi. Moddaning o’ziga qarama-qarshi bo’lgan moddani yengishi orqali uning uzluksiz o’zgarishi ro’y beradi. Geraklit fikricha, aynan qarama-qarshiliklar rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, aynan ular tufayli dunyoda o’zgarishlar ro’y beradi. Geraklit dialektikasi stixiyali materialistic xususiyatga ega edi.

Gegel dialektikasi


Borliq
Mohiyat
Tushuncha
Gegelning idealistik dialektikasi. Gegel o’zining falsafiy kontseptsiyasini tizimli ko’rinishda «Mantiq fani» asarida bayon qiladi. Gegel dialektikani uch tarkibiy qismga bo’ladi

Borliq fikrning eng dastlabki va mavhumiy shakli bo’lib, sifat, miqdor va me’yor tushnchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko’rib chiqib, uning o’zida o’ziga o’zi qarshi turuvchi va in’ikos etuvchi holat mohiyat kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi.


  • Borliq fikrning eng dastlabki va mavhumiy shakli bo’lib, sifat, miqdor va me’yor tushnchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko’rib chiqib, uning o’zida o’ziga o’zi qarshi turuvchi va in’ikos etuvchi holat mohiyat kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi.

  • Go’yoki borliqning borliqqa in’ikosi mohiyatini keltirib chiqaradi. Mohiyat bilan hodisaning dialektik sintezi voqelik kategoriyasini keltirib chiqaradi. Lekin mohiyat borliqdan ajralgan holda mavjud bo’la olmaydi.

  • O’zida borliqni ham, tushunchani ham birlashtiruvchi dialektikaning bosqichini Gegel tushuncha deb bilgan. Gegel obyektiv idealist sifatida aynan tushunchani borliq va mohiyatning eng yuqori cho’qqisi deb bilgan. Tushuncha Gegelda ham subyekt, ham obyekt va mutlaq g’oyadir.

Download 180.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling