Materialistik dialektika. Materialistik dialektikaning asoschilari Marks, Engels va Lenin edi. Bu mutafakkirlarning asosiy xizmati dialektikani materialistik asoslash edi. Gegel tushunchaning rivojlanishini o’rgangan bo’lsa, Marks moddiy voqelikning rivojlanishini o’rgangan. Shu sababli, Marks, Engels va Lenin dialektikasi materialistic degan nomni olgan, falsafa ta’limotining o’zi esa dialektik materializm sifatida tanildi. I.V.Stalin shunday deb yozdi: «Dialektik materialism - uning tabiat hodisalariga yondashuvi, uning bu hodisalarni bilish usuli dialektik, uning tabiat hodisalari haqida talqini, uning nazariyasi materialistik hisoblanishi tufayli dialektik materialism deb nomlanadi». Ya’ni, Marks nazariyasi dialektika qonunlarini va kategoriyalarini qabul qildi, ammo materiyaning ongdan ustunligi asoslandi. Qonun falsafiy ma’noda – muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlari deb tushuniladi. Materialistik dialektika dialektikaning uchta asosiy qonunidan biri bo’lib, ular qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni va inkorni inkor qilish qonunidan iborat. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Bu qonun dialektikaning asosi hisoblanadi, moddiy dunyo manbalarini va sabablarini ochib beradi. Qarama-qarshiliklar narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari sifatida tushuniladi. Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Har qanday narsa o’ziga va boshqa obyektlarga nisbatan qarama-qarshi tomonlarga ega. Shuning uchun, masalan, axborot texnologiyalari rivojlanishi bir tomondan, bilimlardan ommaviy foydalanish,shaxsning har tomonlama rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishi mumkin, boshqa tomondan esa yosh avlod degradatsiyasi ustida ishlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |