Мавзу: Диққат режа


Download 0.87 Mb.
bet55/72
Sana27.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1300128
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Bog'liq
1-ma\'ruza. Psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan

Mavzu: Temperament


Mavzu rejasi:



  1. Temperament haqida tushuncha.

  2. Temperament haqidagi ta’limotlarning qisqacha mazmuni.

  3. Temperamentga psixologik tavsif va inson faoliyati



Temperament haqida tushuncha
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar.
Temperament shaxsning o‘zligini, ya’ni shaxs xulq atvorini umumiy formal- dinamik xarakteristikasini namoyon qiladi. Temperamentni o‘rganishdagi asosiy muammolar uning biologik asosini ochib berish hamda genetik tabiatga ega ekanligini o‘rganish bilan bog‘liq. Boshqa muhim bo‘lmagan masalalari esa uni tadqiq etish hamda temperamentni hosil qiluvchi psixologik mezonlari yoki uning tipologik asosini tashkil etuvchi hususiyatlari bilan bog‘liq.
Temperamentning ayrim muhim masalalari: Shaxs individual tuzilishda uning o‘rnini aniqlash, harakter va umumiy qobiliyatlar rivojlanishida uning rolini ko‘rsatib berish hamda temperamentni professional faoliyatning muvafaqqiyatga eltuvchi omili sifatida o‘rganishdan iborat.
Temperament so‘zi lotincha "temperamentum" so‘zidan olingan bo‘lib, “aralashma”, “qorishiq”, “o‘ziga xos a’zolarning o‘zaro bog‘lanishi” degan ma’noni anglatadi.
Ma’lumki temperamentning biologik asoslariga doir masalalarga bag‘ishlangan turli - tuman yondashuvlar mavjud. Gippokratning “Gumoral nazariyasi”, Ernest Krechmer va Sheldon tomonidan o‘rganilgan shaxs somatik va temperament harakterestikasining aloqasi, XX asrning 20-yillarida I.P.Pavlov Nerv sistemasining tipologiyasi va hususiyatlarini o‘rganish sohasida o‘lkan burilish yasadi va u bu hususiyatlarni Gippokrat taklif etgan tipologiya (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) bilan solishtirdi. Teplov va Nebelitsin maktabidagi keyingi tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki, temperamentning biologik asoslarini o‘rganishda boshqa prinsipial qarashlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning fikricha temperament tiplarini o‘rganish emas, balki Pavlov taklif qilganidek nerv sistemasining o‘ziga xos – xususiyatini o‘rganish kerakligi ta’kidlanadi.
Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar o‘rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta’kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
Favqulotda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o‘laroq, aynan shu shaxsning o‘zida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida ifodalanadi.
Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo‘lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir bo‘lagida (ta’sirga beriluvchanligi sababligidan qat’iy nazar) barqaror, o‘zgarmas va mustahkamdir.
Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o‘zaro bir-biri bilan g‘ayriqonuniy ravishda birlashgan bo‘lmasdan, balki ular o‘zaro bir-biri muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o‘ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi.
Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o‘zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo‘lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o‘zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha “temperamentum” degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi “aralashma” degan tushunchani anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460 – 356 yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling