Мавзу: Диққат режа


Mavzu: Shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi


Download 0.87 Mb.
bet70/72
Sana27.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1300128
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
1-ma\'ruza. Psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan

Mavzu: Shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi.


Mavzu rejasi:



  1. Shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi haqida tushuncha.

  2. Motivasiya haqidagi nazariyalar.

  3. Motivasion soha rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.

Psixologiyada shaxs o‘zining yo‘nalganligi va qobiliyati bilan ajralib turadi. Yo‘nalganligi deganda, odamning ehtiyoji, qiziqishi, istagi, moyilligi, e’tiqodi, orzulari va dunyoqarashi tushuniladi. Zamonaviy va madaniyatli kishining qiziqishlari turli-tuman bo‘ladi. Qiziqishlar yoshga qarab o‘zgarib boradi. Uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bolada hamma narsani bilishga qiziqish yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolaning savollari “Bu nima?”, “Nega?”, “Nima uchun?”dan iborat bo‘ladi. Maktabgacha yoshda o‘yinchoqlarga, ular bilan o‘ynashga va mazmunli o‘yinlarga moyillik uyg‘onadi. Xuddi shu davrda bolada rasm solishga, jonli tabiat va hayvonlarga, ertaklarga, fantastika, hazil-mutoyibalarga ham qiziqish uyg‘onadi. O‘qish va ayrim fanlarga (matematika, musiqa, rasm solish, she’r to‘qish) qiziqish rivojlanadi. Bu qiziqishlar vaqtinchalik va doimiy bo‘lishi mumkin. Texnika, sportga qiziqish ham birmuncha erta paydo bo‘ladi. Badiiy adabiyotlarga qiziqishning o‘ziga xos qonuniyatlari bor: avvalo, ertaklarga, so‘ng esa sarguzasht, fantastik, detektiv adabiyotlarga, so‘ngra romantika, jinslar orasidagi munosabatlarga va siyosatga qiziqish paydo bo‘ladi. Lekin ba’zi qiziqishlar parallel holda kuzatilishi ham mumkin.


Qiziqishlar odamning didiga ham bog‘liq. Did odam hayotining turli davrida, goho erta, goho esa kech shakllanadi. Dunyoqarash va falsafa masalalari, hayot mazmuniga qiziqishlar qariyb yigirma yoshda shakllanadi. Xuddi shu yoshda yoki keyinchalik jamoat ishlariga qiziqish uyg‘onadi.
O‘zga jinsga qiziqish (mayl) 12-15 yoshdan boshlab rivojlanadi. Qiziqishlarning turidan tashqari, ularning ijtimoiy mavqei va kengligi ham ahamiyatlidir. Qiziqishi chegaralangan odamlar faqat o‘z hunari bilan cheklanib qoladi. Qolgan narsalar deyarli ularni qiziqtirmaydi. Qiziqish doirasi keng bo‘lgan odam ko‘proq bilishga intiladi. U fan-texnikaning turli xil sohalarini egallab, ijtimoiy-siyosiy masalalar, san’at va sport bilan qiziqadi. Lekin sanab o‘tilgan barcha qiziqishlar bir xil qimmatga ega bo‘lmaydi. Ulardan biri asosiy, qolganlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunonchi, vrach uchun quyidagi fanlar – anatomiya, terapiya, farmakologiya, psixologiya eng diqqatga sazovor sanalsa-da, bu unga siyosat, musiqa, sport, she’riyat, ov qilish bilan qiziqishga xalaqit bermaydi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling