Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi
Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv REJASI
Download 198.72 Kb.
|
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim
Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv REJASI
A.N.Leontev (1903-1979) – mashhur rus psixologiya faoliyat nazariyasining asoschilaridan biri. Faoliyat nazariyasi ong va faoliyat birligi tamoyili bilan boglik. Ushbu nazariyaga ko‘ra, faoliyat sub’ektning predmetli olam bilan bo‘lgan ta’sirlashishi jarayoni bo‘lib, bu jarayon unga o‘z ehtiyojlarini qondirishi uchun imkoniyat beradi. Faoliyat - bu faol maqsadra yo‘naltirilgan jarayondir. Predmetlilik faoliyat bilan bog‘liq ehtiyoj - individdan tashqarida bo‘lgan, ammo individ normal hayot kechirishi shaxsning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan narsalarga nisbatan zaruratni his ztish holati. Motiv ehtiyojning namoyon bo‘lish shakli insonni faoliyatga undaydigan sabab, ya’ni faoliyatning nima uchun amalga oshirilayotganligidir. U yoki bu motiv insonni muayyan maqsadni qo‘yishga undaydi. Maqsad - faoliyatning kutilayotgan natijasi. Faoliyat quyidagi darajalarga ega bo‘ladi: 1. Maxsus faoliyat turlari darajasi. 2. Harakatlar darajasi. Z. Operatsiyalar darajasi. 4. Psixofiziologik funksiyalar darajasi. Har qanday faoliyat ma’lum harakatlar ketma-ketligi shaklida amalga oshadi. Harakat - ongli maqsadra erishish uchun yo‘naltirilgan faollik, faoliyatning asosiy tarkibiy birligidir. U sharoitga bog‘liq ravishda turli usullar bilan amalga oshiriladi. Harakatni amalga oshirish usullari operatsiyalar deb ataladi. Operatsiyalar - avtomatlashgan, odatda aniqlanmaydigan harakatlardir. Faoliyat o‘z motivini yuqotish va hapakatra aylanishi, harakat esa maqsadi o‘zgarishi bilan operatsiyaga aylanishi mumkin. Muayyan sharoitda harakatdan ko‘zlangan maqsad butun faoliyat maqsadidan muhimroq ahamiyat kasb etishi va natijada maqsad motivga aylanib qolishi kuzatiladi. Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faol inson ongi shakllanishining sharti va omili ong faolligining shaklidir. A.N.Leontev o‘z izlanishlarida faoliyatning bola taraqqiyotiga ta’siri muammosini ham chuqur o‘rgangan. Tadqiqot natijasida faoliyat nazariyasi doirasida «etakchi faoliyat» tushunchasi shakllandi. Etakchi faoliyat deganda taraqqiyotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi faoliyat tushuniladi. Maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat o‘yin faoliyatidir. Bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda etakchi faoliyat turi o‘zgaradi, bunda bola faoliyatida maqsadining motivga aylanishi, A.N. Leontev ta’biri bilan aytganda «motivning maqsadra ko‘chishi» kuzatiladi. Yangi faoliyat turi yangi motivlar paydo bo‘lgach, vujudga keladi. A.N.Leontev fikricha shaxs ikki marta tug‘iladi. Shaxsning birinchi tug‘ilishi maktabgacha yosh davriga to‘g‘ri keladi. Bu hodisa insonning o‘z impulsiv xatti-harakatlarini ijtimoiy me’yorlarga bo‘ysundirishga ilk bora urinishi, motivlar o‘rtasida ierarxik munosabatlarning tarkib topa boshlashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsning ikkinchi tug‘ilishi o‘smirlik davrida yuz beradi. Bu hodisa insonning o‘z motivlarini va intilishlarini anglashi va ularni bo‘ysundirishi bilan bog‘liqdir. Zaruriy faoliyatning barcha turlarini yanada takomillashtirish va shu asosda qimmatli ma’naviy sifatlar: mustaqillik, uyushganlik, jamoatchilikni shakllantirish, maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Faoliyatga qatnashish maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantiradi. Tarbiyachining rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish usullarini yanada boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida hamkorlik hissi, umumiy intilishlar bilan ma’lum natijalarga erishish xulosalarini shakllantirishga yo'llangan bo'ladi. O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O‘yin jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug‘vor orzular va intilishlarni, sog‘lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka, o‘rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o‘rnatishdan iborat. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim: a) taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muxayyoligi; v) bolalarning kattalar bilan tez tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi. Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha yosh davrida harakatining o‘sishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki 6evosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqil maqsadra aylanadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay balki bolaning xulq-atvoriga xam ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maksadra yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘nikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yosh davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xulqini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariiyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaparanda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bilim – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi hisoblanadi. Bilim tushunchasi keng qamrovli, shu sababli uning ta’riflarini har xil ko‘rinishda uchratish mumkin, ammo ularda ifodalanayotgan mazmun-mohiyat umumiydir. Ulardan ba’zilarini keltiramiz. Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilingan ma’lumotlaridir va yana bilimob’ektiv borliqning inson tafakkurida aks etishidir. Bilim - ijtimoiy moddiy va ruhiy faoliyatning mahsuli: ob’ektiv xususiyatlar va olam tabiiy va insoniy aloqalarning belgili shakldagi ideal ifodalanishi. Bilim - odamlarning predmetlar va jamiyatni bilish (tasavvur etish, tushunish) mahsuli. Bilim-tabiat, jamiyat va tafakkurning qonuniyatlari to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va sistemalashtirilgan yig‘indisidir. Bu ta’rif umumnazariy qoidalar asosida ifodalangan ta’rifdir va uning yordamida ilmiy bilim haqida ham tushuncha hosil qilinadi. Faoliyat - maqsadga yo‘naltirilgan hattixarakatlar ketma-ketligi. Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; ob’ektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Idrok - sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks etishidir Falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — gnoseologiya (grech. gnosis- bilish, logos- ta’limot) deb ataladi. Insonning bilish faoliyati nihoyatda ko‘p kirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. O‘rta asr mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy bilish to‘g‘risida: inson tabiat va jamiyatni hamda o‘zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli- faol, u bilishning asosiy qurolidir. XVII-XVIII asr Evropa faylasuflari (ingliz faylasufi Bekon)ning fikricha: inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir, sezgilar orqali olingan dalillarni inson tafakkuri yordamida qayta ishlab chiqadi. Demak, bilimlar inson aqliy faoliyatining doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi jarayoni bo‘lib, insonni yaratuvchilikka, ijodkorlikka undaydi va natijada ularda ilmiy bilimlar tizimi yaratiladi. Kundalik hayotda «bilish», «bilim» kabi atamalar ko‘plab uchrab turadi. Umuman bilish deganda jarayonning harakatdagi ba’zi holatini, muayyan predmetlardagi qandaydir voqealarni amalga oshirishni, ba’zi jarayonlarning kechishi va boshqa holatlarini tavsiflovchi inson faoliyati mahsuli tushuniladi. Bilish- olamning inson ongida aks etish jarayoni, ya’ni insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. «Bilish — ta’lim oluvchi ongida tashqi dunyo aks etishining ma’lum shakliga tegishli ta’lim-tarbiya oluvchining xotirasida saqlanib qoladigan va uning amaliy faoliyatini tartibga solish va tashkil etishga yo‘naltirilgan tasavvur va tushunchalar ko‘rinishidagi ifodasidir». Bilish tadqiqot usuli bo‘lib, uning yordamida tabiat va jamiyat qonuniyatlari o‘rgatiladi. Bu qonuniyatlar bilimning ob’ektiv reallikka bo‘lgan munosabatlari asosida yaratiladi. Bilish jarayonining bosqichlari, shakllari, usullari, vositalari, ishonchliligi, haqqoniylik shartlari va mezonlarini bilish nazariyasi tadqiq qiladi. Demak, bilish jarayoni keng tushuncha bo‘lib, u bilish qonunlari va imkoniyatlarini hamda bilimning ob’ektiv borliqqa munosabatlarini o‘rganishdagi asosiy poydevordir. SHuning bilan birga bilish jarayoni insoniyatning tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi fikr (g‘oya, ta’limot, qarash, qonun, qonuniyat, usul, uslubiyat va h.k.)larini shakllantirishning mustahkam asosidir. Bilish shakllari: Kundalik bilish: Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish. Ilmiy bilish: Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va ilmiy nazariyalar yaratish BILISH DARAJALARI: INTUITIV BILISH - Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g‘oyibona bilishdir. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi. AQLIY BILISH - Bilishining yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo‘lib, aqliy bilish deyiladi. Bunda inson o‘z tafakkuri vositasida narsa va hodisalar ning ichki mohiyatini bilib oladi. HISSIY BILISH - Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo‘lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faol inson ongi shakllanishining sharti va omili ong faolligining shaklidir. A.N.Leontev uz izlanishlarida faoliyatning bala tarakkiyotiga ta’siri muammosini xam chukur urgangan. Tadkikot natijasida faoliyat nazariyasi doirasida «etakchi faoliyat» tushunchasi shakllandi. Etakchi faoliyat deganda tarakqiyotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik uzgarishlarga sabab buluvchi faoliyat tushuniladi. Maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat uyin faoliyatidir. Bir yosh davridan ikkinchisiga utishda etakchi faoliyat turi uzgaradi, bunda bola faoliyatida maksadining motivga aylanishi, A.N. Leontev ta’biri bilan aytganda «motivning maksadra kuchishi» kuzatiladi. Yangi faoliyat turi yangi motivlar paydo bulgach, vujudga keladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi - bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari asosida amalga oshiriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojlanishiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofini o‘rab turgan muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. Rejalashtirish davlat o‘quv dasturini amalga oshirish va har bir bolada tayanch kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlashning muhim qismidir. Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘quv rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Rejalashtirish – o‘quv dasturini yaratish va qo‘llash jarayonining muhim qismi. O‘quv rejasi - bu pedagoglarga bolaning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlagan holda, davlat talablariga erishish, rivojlanishning asosiy va barcha sohalaridagi bolaning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan ta’lim faoliyatini amalga oshirishga imkon beradigan tashkillashtirilgan va tuzilgan hujjatdir. O‘quv rejasini tuzishda bolaning yoshi va individual rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. O‘quv rejasi guruhning taxminiy kun tartibiga muvofiq har xil turdagi ta’lim va tarbiya jarayonining xilma-xil va oqilona almashinuvini ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, unda pedagog tomonidan bolalarning tanlovi va manfaatlarini hisobga olgan holda kundalik mashg‘ulotlar, bolalar o‘yinlari, mavzuli loyiha faoliyati, bo‘sh vaqt va boshqa turdagi o‘quv mashg‘ulotlari rejalashtirilgan. Kun tartibi ish maromini belgilashi va bolaga bir faoliyatdan ikkinchisiga muammosiz o‘tishga yordam berishi kerak. Kun tartibini tuzishda muqobil shaklli guruhlar ishini tashkil qilishda kunduzgi uyqu hisobga olinmaydi, dam olish vaqti, sayr vaqti hisobga olinadi. O‘quv rejasi turli xil ta’lim va tarbiya jarayoni shakllarini o‘z ichiga olishi kerak. O‘quv rejasini shakllantirishda o‘yin maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar faoliyatining asosiy va yetakchi turi ekanligini hisobga olish kerak. Ta’lim va tarbiya jarayoni bolaning hayoti va uning atrof-muhitidan kelib chiqadigan yagona mavzular majmuiga birlashtirilgan va shuning uchun o‘quv dasturi aynan shu bir xil mavzular majmui doirasida rivojlanish markazlarida ta’lim va tarbiya jarayonining integratsiyasini ta'minlashi kerak. Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish ta’lim sharoitlariga qarab o‘zaro bog‘liqlik, xilma-xillik va moslashuvchanlik asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yil fasllari va ob-havo sharoitlarini ham hisobga olish kerak. O‘quv rejasini shakllantirishda mintaqaning tabiiy-geografik va madaniy-tarixiy o‘ziga xosligini hisobga olish kerak. Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirishda maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda 20 foizgacha bo‘lgan hududiy komponent va davlat o‘quv dasturida nazarda tutilgan majburiy komponentning 80 foizi ko‘zda tutilgan Mavzuli reja mavzu, maqsad, mazmun va tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyatni tanlashda ta’lim va tarbiya jarayonining umumiy maqsadlari bilan birga rivojlanish sohalari maqsadlari, mazmun va faoliyatining integratsiyasi ham hisobga olinadi. Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish davlat talablarini, shuningdek, davlat o‘quv dasturini amalga oshirishga yordam beradigan qisqa muddatli (haftalik) va uzoq muddatli (yillik) rejalarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Mavzuli reja yozma shaklda bo‘lishi kerak. Download 198.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling