Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi


MAVZU: O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


Download 198.72 Kb.
bet23/33
Sana29.12.2022
Hajmi198.72 Kb.
#1072221
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika

MAVZU: O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Mavzu rejasi:

  1. MTTda pedagogik jarayonni tashkil etish.

  2. MTTda bolalar hayotini tashkil etish.

  3. MTTda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish turlari.



Tayanch tushunchalar: davlat standarti; namunaviy o‘quv reja; ta’lim jarayonining asosiy prinsiplari; faoliyat darajalari; faoliyat nazariyasi; aqliy rivojlanish; mustaqil faoliyat, bolalar faoliyati; bilish; ijtimoiy jamoa; jismoniy kamolot; badiiy texnik hunar; gigiena; faoliyatga rahbarlik.

«Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 22 dekabrda «Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 802-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 1-ilovasi sifatida «Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning DAVLAT STANDARTI» tasdiqlandi. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama etuk qilib voyaga etkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.


Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. Namunaviy o‘quv reja maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga 2-ILOVAsida «Maktabgacha ta’lim tashkilotining DAVLAT O‘QUV DASTURI» mazmuni ko‘rsatib o‘tildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi — bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
bola huquqlari, uning o‘ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatini hisobga olish;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
bolaning salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

Download 198.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling