Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi


Download 198.72 Kb.
bet2/33
Sana29.12.2022
Hajmi198.72 Kb.
#1072221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika

Pedagogik talab. O'yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g'oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g'oyaviy jihatdan qimmatli bo'lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O'yinchoq bolada olijanob tuyg'ularni uyg'otishi, boshqa millat bolalari bilan do'stona munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg'ular uyg'otishi, ijobiy axloqiy tajriba to'plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo'lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg'otishi kerak. Obrazli o'yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
Gigiyenik talablar. O'yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har tomonlama uyg'unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to'ldirib, takidlab, o'yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O'yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to'la mos kelmog'i lozim.
To'g'ri tanlangan o'yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy tasir ko'rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o'yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta'sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo'lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.
O'yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o'ynash tuyg'usinl uyg'otadi va ijobiy his-tuyg'ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg'ularni shakllantirishda qo'g'irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo'g'irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo'lgan tengdoshlariga bo'lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San'atning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo'lgan o'yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg'otadi, estetik tarbiyani to'plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o'rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo'lgan xalq o'yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim.
O'yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ko'p o'yinchoqlar (shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko'rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.



Syujetli-obrazli o'yinchoqlar syujetli-rolli o'yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, mulo- yimlik, g'amxo'rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o'ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o'yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo'lgan qiziqishni uyg'otib, ularni o'z o'yinlarida qo'llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko'rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o'yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o'yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish uyg'otadi. Bu o'yinchoqlarni o'ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g'ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud: kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to'plami; turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. Mayda (stol o'yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o'ynashga mo'ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo'lishi mumkin.
Didaktik o'yinchoqlarning asosini xalq o'yinchoqlari tashkil qiladi. Ularni o'ynashda bola o'z-o'zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o'yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o'yinlarga mo'ljallangan o'yinchoqlar: suv, qum bilan o'ynaladigan o'yinchoqlar, koptoklar, arg'amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o'yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarnh sahnalashtiradilar.
Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning o'ynashlari uchun eng qulay o'yin vositasi hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigiyenik talablar qo'yiladi:
qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'lishi;
b) qum faqat namroq holda saqlanishi;
d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalar qum bilan o'ynashlari uchun bayroq- chalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan o'ynaladigan o'yinlar. Bu o'yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin. Suvda qo'g'irchoqni cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan o'ynash, katta yoshdagi bola­lar esa suvda cho'milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalarda quvnoq kayfiyat- ni uyg'otadi. Buning uchun yog'och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo'lishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar.
Bolalar uchun o‘yinchoqlarni tanlashning o‘ziga xos umumiy qoidalari bor, albatta. Avvalo, bolaning yoshiga qarab o‘yinchoq tanlay bilish kerak.
Birinchi navbatda, olmoqchi bo‘layotgan o‘yinchoqni obdon ko‘zdan kechiring, o‘ramidagi yozuvlarni diqqat bilan o‘qib chiqing. Shu o‘rinda, nimalarga alohida e’tibor qaratmoq joiz?
Material. O‘yinchoq xavfsiz materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Tabiiy yung va daraxt po‘stloqlaridan yasalgan o‘yinchoqlarni xarid qilmaslik zarur. Binobarin, tabiiy charmdan tayyorlangan o‘yinchoqlar 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. Yumshoq o‘yinchoqlar tuklarining to‘kilib tushmasligi uchun pishiqligiga alohida e’tibor qaratish, bundan tashqari, yumshoq o‘yinchoqlar tuklari orasida turli bakteriyalar to‘planishi bois, ular vaqt o‘tib infeksiya manbaiga aylanishi va bolalar, ayniqsa, allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan go‘daklarning o‘ynashi ma’qul emasligini unutmaslik kerak.
Shakl. Bola o‘ynayotganda zarar etkazmasligi uchun, o‘yinchoqlarning qirrali, uchli va keskir qismlari bo‘lmasligi, rangi imkon qadar tabiiy bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki Birinchidan, tabiiy rang bolaning real hayot to‘g‘risidagi tasavvuriga zarar etkazmaydi, ikkinchidan, notabiiy, haddan ziyod o‘tkir ranglar bolalarni qo‘rqitishi va boz ustiga, tarkibida zaharli moddalar bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, qora va yorqin qizil rangli o‘yinchoqlarni bola yaxshi qabul qilmasligi sababli, ulardan foydaoanish tavsiya etilmaydi. 4 oylikka qadar bolalar sariq, keyin to‘q sariq (to‘q tillarang) va qizil, 6 oylikka kelib kamalakning qariyb, barcha ranglarini ajrata boshlashini e’tibordan qochirmaslik lozim.
Hid. O‘yinchoqni tanlaganda albatta hidlab ko‘rish zarur. O‘yinchoq o‘tkir va noxush hid taratmasligi kerak, aks holda uni tayyorlashda zaharli material va bo‘yoqlardan foydalanilgan bo‘lishi mumkin.
Tovush. O‘yinchoqdan chiqadigan tovush bolani qo‘rqitmasligi, uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. O‘yinchoqdan musiqa taraladigan bo‘lsa, oldin tinglab ko‘rish kerak, agar musiqa haddan ziyod baland, qo‘rqinchli bo‘lsa bola ruhiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ovozini boshqarish imkoniyatlarini ham ko‘zdan kechirishni unutmaslik lozim. Darvoqe, puflab chalinadigan o‘yinchoqlarning bola lablari tegadigan qismi engil dezinfeksiyalanuvchi va o‘ziga namlikni shimib olmaydigan materialdan tayyorlangan bo‘lishi lozim.

Download 198.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling