Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi


Download 198.72 Kb.
bet4/33
Sana29.12.2022
Hajmi198.72 Kb.
#1072221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika

O‘yinchoq sotiladigan joylar. O‘yinchoqlarni maxsus do‘konlar va ruxsat etilgan savdo shoxobchalaridan xarid qiling, “qo‘l”dan olishga urinmang.
Emizikli bolalar uchun. Emizikli davrdagi bolalar uchun shaqildoq o‘yinchoqlar ayni muddao, ammo bunda ham ehtiyotlik zarar qilmaydi. Ular ortiqcha bo‘yalgan va chizilgan bo‘lmasligi, og‘irligi 100 gramdan oshmasligi lozim. Iloji boricha qattiq va mustahkam shaqildoqlarni tanlang. Umuman olganda, farzandlarimiz kelajagi uchun zararsiz o‘yinchoqlarning koni foyda. Agar siz bolangiz uchun mos va xos qo‘g‘irchoq tanlasangiz, farzandning komil inson bo‘lishida poydevor sifatida xizmat qilishi mumkinligini unutmang.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 3 milliarddan ortiq o‘yinchoqlar ishlab chiqarilib, sotiladi. Afsuski, jahon bozorida sotilayotgan salkam 60 foiz o‘yinchoqning sifati nazorat qilinmas ekan. Ular yog‘och, rezina, karton, metall, shisha, mato, paxta, teri, chinni bilan bir qatorda, polimerdan ham tayyorlanadi. Polimer birikmalardan ishlangan o‘yinchoq engil, elastik, chiroyli, chidamli bo‘ladi. Silliqligi uchun kam ifloslanadi, tozalanishi oson. Lekin polimerlar tashqi muhitga zararli kimyoviy birikma ajratishi, bola sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas. Bundan ko‘rinib turibdiki, ota-onalardan birinchi navbatda farzandiga yoshiga mos va xavfsiz o‘yinchoqlarni tanlay bilish talab etiladi.
Har bir o‘yinchoq bolaning ma’naviy-ruhiy tarbiyasiga xizmat qilishi lozim. Masalan, qaysidir o‘yinchoq kichkintoyning nutqini o‘stirishga ko‘maklashadi, qay birlari esa uni o‘simliklar va hayvonot olami bilan bog‘laydi. Farzandiga o‘yinchoq sotib olayotgan ota-onalar uning shaklu shamoyiliga ko‘proq e’tibor qaratadi, lekin sifati, qanday xomashyodan tayyorlangani bilan qiziqmaydi.Ota-onalar o‘yinchoqni harid qilishda, eng avvalo, uning buzilmagan qadoqda bo‘lishiga e’tibor qaratishi zarur. Qadoq yorlig‘idagi ma’lumotlar davlat tilida, foydalanish tavfsiyalari ko‘rsatilgan holda, qanday xomashyolardan tayyorlanganligi (plastmassa, rezina, yog‘och va h.k) va ishlab chiqaruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi shart.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga qarashli Saraton kasalligini o‘rganish agentligining ma’lumotiga ko‘ra, formaldegid inson organizmida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Ayniqsa, bolalar organizmi zaif bo‘lganligi uchun formaldegid bola tanasida to‘planganda yo‘talish, gijja, bronxial astma kabi kasalliklarning jadal rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, rang o‘zgarishi, toliqish, nafas qisish, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va hattoki ongining zaiflashishigacha sabab bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir o‘g‘il bolalar “O‘rgimchak odam”, “Betmen” singari multfilm qahramonlarini aks ettiruvchi o‘yinchoqlarga, qizaloqlar esa ko‘proq sumka, taroq, oyna, kosmetik vositalari bo‘lgan “Barbi” qo‘g‘irchoqlariga qiziqar ekan.
Qo‘rqinchli qiyofalar aks ettirilgan o‘yinchoqlarning “ishqiboz”lari ham topiladi. Lekin bu bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, nevrologik kasalliklar paydo bo‘lishiga olib kelishini yodda tutish lozim. Juda yorqin rangdagi o‘yinchoqlar ularni tayyorlash jarayonida asosan kimyoviy bo‘yoqlardan foydalanilganini, tarkibida salomatlik uchun o‘ta xavfli bir qator zaharli moddalar, xususan, formaldegid, fenol, fenoksil, metil, izobiturait borligini bildiradi. Ular bolaning jigari, buyragi, oshqozon-ichak yo‘llarini zaharlashi mumkin. Bundan tashqari, kimyoviy buyoqlar ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘z ostining ko‘karishi, lanjlik, turli toshma va shishlarga sabab bo‘ladi. Sifatsiz plastmassa va rezinadan tayyorlangan o‘yinchoqlar bolalarning nafas yo‘llari va oshqozon-ichak faoliyatiga jiddiy zarar etkazadi. Ko‘p miqdorda kimyoviy va sintetik tolalar ishlatilib tayyorlangan yumshoq o‘yinchoqlar esa bolalarda allergik kasalliklarni keltirib chiqaradi.



Download 198.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling