Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi


Download 198.72 Kb.
bet3/33
Sana29.12.2022
Hajmi198.72 Kb.
#1072221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika

O‘yinchoq detallari. O‘yinchoqlarning qattiq materiallar, masalan, metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlangan detallari o‘yinchoqning bolalar tishlashi mumkin bo‘lgan joyiga o‘rnatilmasligi shart. O‘yinchoqdan ajratiladigan qismlar qirrali va uchli bo‘lmasligi kerak.
Ota-onalar uchun oilada o‘yinchoqlardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan qoidalar
Ogohlantiruvchi yozuvlar. O‘yinchoqdan xavfsiz foydalanish qoidalariga alohida e’tibor berish lozim. Masalan:
“3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi”, degan eslatma ayni shu yoshdan kichik bolalar o‘ynashi mumkin emasligini bildiradi;
“Diqqat! Kattalar nazorati ostida foydalaning” — o‘yinchoq yolg‘iz bolalar uchun xavfli bo‘lib chiqishi mumkin;
“Ehtiyot bo‘ling! Bola qo‘l va tizzalari bilan turmoqchi bo‘lganda yiqilib tushmasligi uchun o‘yinchoqni olib qo‘ying” — belanchak, bolalar krovati yoki aravachalarda uchraydigan eslatma.
Tematikasi. Bolaning psixikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘yinchoqlardan yiroq bo‘ling. Psixologlar farzandlar uchun maxluqlar, mutantlar va shunga o‘xshash o‘yinchoqlarni sotib olishni tavsiya etishmaydi.
Haqqoniyligi. Mutaxassislar haqiqiy hayvon va odamlarga o‘xshaydigan o‘yinchoqlarni tanlashni maslahat berishadi, chunki shunda bolaning fikrlash va gapirish qobiliyati osonroq rivojlanadi.
Ovozi. O‘yinchoqdan chiqadigan tovush bolani qo‘rqitishi va qulog‘iga yoqimsiz bo‘lishi kerak emas. Agar musiqali o‘yinchoq xarid qilishni istasangiz, undagi bor ohanglarni eshitib chiqing va bolani qo‘rqitmasligiga amin bo‘ling. Bundan tashqari, tovushni ko‘tarish va pasaytirish funksiyasi borligiga ham e’tibor qarating. Darvoqe, puflab chalinadigan o‘yinchoqni sotib olayotganda bolalarning labi tegadigan joyga ahamiyat bering - ular yumshoq materialdan tayyorlangan bo‘lishi lozim.
Detallar. Qattiq materiallar - metall, yog‘och va plastmassadan yasalgan o‘yinchoqlar bola tishlari bilan uzib olmasligiga mo‘ljallangan bo‘lishi darkor. Agar qismlarga ajraladigan o‘yinchoq bo‘lsa, u holda o‘tkir va qattiq jismdan tayyorlanmasligi kerak.
Bola yoshi. O‘yinchoq tanlashda qaysi yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallanganiga e’tibor bering. O‘yinchoq o‘rami yoki yorlig‘ida bolalarning yoshi, albatta, ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
- bir yoshgacha;
- 1-3 yoshgacha;
- 3-6 yoshgacha;
- 6-10 yoshgacha;
- 10-14 yoshgacha.

Download 198.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling