Mavzu; Dietologiya haqida tushuncha. Hazm a’zolarining anatomik fiziologik xususiyatlari
Download 14.86 Kb.
|
1-Mavzu
Mavzu; Dietologiya haqida tushuncha. Hazm a’zolarining anatomik fiziologik xususiyatlari. Reja. Dietologiya haqida tushuncha. Hazm a’zolarining anatomik fiziologik xususiyatlari. Ayrim oziq ovqat mahsulotlarini me’dada turish muddati. Hazm organlarining anatomik-flziologik xususiyatlari Yeyilgan ovqat hazm boiib, ichak devoridan so‘rilib o'tganidan keyingina organizm o‘sha ovqatdagi oziq moddalardan foydalanishi mumkin. Ovqat tarkibiga kiradigan moddalar ichak suyuqligida erigan holatda bolgan taqdirda ular ichakdan so‘rilib o'tishi mumkin. Buning uchun oziq-ovqat mahsulotlari va oziq moddalari hazm sistemasida hazm bezlaridan ishlanib chiqadigan turli sekretlar ta’siri ostida murakkab o'zgarishlarga uchrashi kerak. Demak, hazm sistemasi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlab, qonga oson so‘riladigan va butun organizmga tarqaladigan eruvchan birikma! arga aylantirib berishi kerak. Hazm sistemasida oziq-ovqat mahsulotlari awal maydalanadi, so‘ngra kimyoviy o‘zgarishlarga uchrab, birm uncha oddiy holga keladi. Hazm bo'lish deyilganda ovqatning hazm sistemasida to'liq o'zgarishga uchrab, ichakdan qonga so'rilib o'tish protsessi tushuniladi. Odamning hazm sistemasi bir qancha qismlardan tashkil topgan, boiib, ular bir-biri bilan mahkam bogiani va birining ishini ikkinchisi rag'batlantirib turadi. Hazm sistemasi og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo'ngach, me’da, o‘n ikki barmoq enlik ichak, ingichka va yo'g'on ichak, me’daosti bezi va jigardan tashkil topgan. Ovqatning hazm bo'lishida jigar va m e’daosti bezi katta rol o'ynaydi. Bular ovqat tarkibidagi oqsillar, yog'lar va uglevodlaming parchalanishiga sabab bo‘ladigan o‘t yoki safro hamda har xil shiralarni ishlab chiqaradi. Hazm sistemasining devorlari uch qavatdan iborat: 1) shilliq parda; 2)muskul qavati va 3) seroz parda. Shilliq parda hazm kanalini ichki tomondan qoplab turadi va ko‘zga ko‘rinmas juda mayda organlarga boy boiadi. Bezlar deb ataladigan ana shu mayda organlar hazm shiralarini ishlab chiqaradi. Muskul qavati ichak kanalining ichki qatlami bilan tashqi qatlami orasida turadi va hazm organlarining harakat qilib turishini taminlaydi. Download 14.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling