Mavzu: din madaniyat fenomeni. Jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom dini). Diniy mutaassiblik va dindorlik. Reja


Download 182.5 Kb.
bet7/19
Sana16.06.2023
Hajmi182.5 Kb.
#1512183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
21 mavzu. Din madaniyat fenomeni. Jahon dinlari (Buddizm, Xristianlik, Islom dini). Diniy mutaassiblik va dindorlik — копия

4. Fetishizm (fetish so’zi fransuzcha fetiche – but, sanam; tumor ma’nosidagi so’zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra alohida buyumlar kishining o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarning o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik usullariga binoan bunday buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan animizm, turli totemlar hamda o’lib ketgan avlodlar shaxsiga bog’liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning ongida afsonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamladi. Va nihoyat fetishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Uning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi.
Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko’zmunchoq va turli ramzlar bunga yaqqol misoldir.
MAGIYA (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi.
Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir. Taxminan 10 ming yil muqaddam, inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shug‘ullanib, o‘troq hayot kechirishga o‘tgach, neoletik inqilob yuz berdi. Jamiyat rivojlanishining ayni shu bosqichida politeizm yuzaga keldi, Chunki mehnatning ijtimoiy taqsimoti, hukmronlikka bo‘ysunish ruhlar va sanamlarga bo‘lgan ishonchga emas, balki xudolarga bo‘lgan e’tiqodga ko‘proq mos kela boshladi. Keyingi davrlarda davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk madaniyatlarning paydo bo‘lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil topishi va shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning yuzaga kelishi natijasida diniy dunyoqarashda ham bir xudoga sig‘inish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Odamlar ko‘p sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real hayot haqidagi o‘z tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan go‘yoki muvofiq holatga keltirdilar.
Shu tariqa monoteistik dinlar (yunon. mono – bir va theos – xudo): iudaizm (mil. av. VII asr), buddizm (mil. av. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din ma’lum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi to‘g‘ri (analitik) falsafadir, haq bo‘lmagan dinning asosi esa yolg‘on falsafadir, yoki yolg‘on muhokamalar ustiga qurilgan qarashlardir2.

Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling