Dastlabki bosqichlarda din g’oyat sodda bulib, uning eng ibtidoiy shakllari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlikdan iborat bo’lgan. Bular zamonlar o’tishi bilan o’zgarib, bulinib murakkablashib borgan. Hozirgi zamon dinlarida ularning qoldiqlari hali ham saqlangan. Masalan, hozirgi o’zbeklarning dindorlarida qaldirgoch, musicha, laylaklar muqaddaslashtiriladi. Bu totemizm qoldig’idir.
Dinga ishonishning amaliy ifodasi turli xildan iborat, urf-odat, marosim va har-xil diniy yozuvlardir.
Din asosan, 5 ta funksiyani bajaradi.
Dunyoqarashni shakllantirish
Dinning tassali berish vazifasi (Real voqelikni afsonaviy ishonch bilan o’rnini bosish)
Tartibga solish vazifasi
Aloqa bog’lash (o’rnatish) vazifasi.
Jamoaga birlashtirish vazifasi (tarbiyalovchilikdan).
Bularning oldingi to’rttasi an’anaviy funksiyalardir: beshinchisi yangi bulib, u ayniqsa hozirgi zamon islomiga xosdir. Uning dindorlarni axloqli, odobli qilishga qaratilgan dasturlariga taaluqlidir. Bular qur’on, hadislarda, hozirgi din arboblarining asar, fatvo, amaliy tavsiya, faoliyatlarida, diniy satrlarda yaqqol namoyon bulmoqda.
Xulosa shuki, din ijtimoiy hodisadir: U ibtidoiy jamoada bundan taxminan 30-40 ming yillar oldin mifologik, yalpi afsonaviy dunyoqarashdan so’ng paydo bo’lgan: zamonlar o’tishi bilan uning shakllari o’zgarib, g’oyat keng evolyutsiyani boshdan kechirgan.
Diniy e’tiqodning amaliy ifodasi har xil: ibodat, urf-odat, marosim va yozuvlardir. Din hozir 5 ta asosiy funksiyani bajaradi.
Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Yevropada alohida fan tarmog’i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Sosse, Freyzerdir.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko’ra turli guruhlarga bo’linadi:
1. Urug’-qabila dinlari - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2. Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), Konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
3. Jahon dinlari - dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’inazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik - yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik - ko’pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik) dinlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |