Mavzu: Din psixalogiyasining predmeti va obyekti Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinshunoslik fanining sohalari
Download 44.74 Kb.
|
Din psixalogiyasining predmeti va obyekti
Din falsafasi. Din sosiologiyasi, Din psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» bo’lgan Din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo’l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko’rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg’ul bo’lish emas, diniy hukmlarning mantig’i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog’liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko’rib chiqadi.
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo’lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo’llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin. Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo’lgan bog’liqligini o’rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo’lgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg’ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm-imon, ilm-din, din-madaniyat (din-san’at, din-til-adabiyot) diniy tajriba, diniy his kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi. Din tarixining yuqorida ma’lum qilinganlar bilan yaqindan aloqasidan tashqari, u suyanuvchi bir qancha ilm turlari ham mavjud. Ularning ichida birinchilardan bo’lib tarix o’rin oladi. Tarix, makon va zamon ta’yin qilgan holda o’tmishdagi voqyea-hodisalarni o’rganuvchi bir ilm turi bo’lishi bilan birga moziy va hozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan Dinlari tarixiga yaqindan ko’makchi bo’ladi. Diniy matnlarning o’rganilishi, tabiiy ravishda, tilga bog’liqdir. Demak, bir tomondan Dinlar tarixi suyanadigan ilm turi esa bu Filologiyadir. Bundan tashqari Mifologiya (Rivoyat va afsonalar), Etnologiya, Arxeologiya, San’at tarixi, Folklor va shunga o’xshash bir qancha ilm turlari borki, ulardan ham Dinlar tarixi izlanishlarida bevosita foydalaniladi. Download 44.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling