Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. - Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
- Movaraunnaxr hududida VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyishiga qo’shgan hissasi xususida yoshlani ilmiy, falsafiy bilimlar bilan qurollantirish ko’zda tutiladi. Milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlariga uyg’unlashishi, hozirgi mustaqil O’zbekiston sharoitidagi ahamiyati tushuntiriladi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunga erishishda O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |