Mavzu: diqqat turlari va uning xususiyatlari
Download 17.96 Kb.
|
DIQQAT TURLARI VA UNING XUSUSIYATLARI 39
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqat quyidagicha turlarga bo’linadi
MAVZU: DIQQAT TURLARI VA UNING XUSUSIYATLARIReja: 1.Diqqat haqida tushuncha 2.Diqqat turlari 3.Diqqatning xususiyatlari Diqqat-kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o’quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va ma’suliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik katta ma’suliyat qo’yadi.Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir.P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’la oladi. Diqqat-Individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligini va bir narsaga qaratilganligidir. U inson psixikasining o’ziga xos hususiyati bo’lib, mustaqil tarzda amalga oshmaydi. Diqqat turli shakllarda namoyon bo’ladi, u sezgi a’zolariga ( ko’rish, eshitish va h.z ), xotira, tafakkur jarayonlariga, harakat faolligiga qaratilishi mumkin. Diqqat quyidagicha turlarga bo’linadi:1. Aktivligiga qarab: ixtiyoriy,ixtiyorsiz, ixtiyoriydan so’nggi diqqat; 2. Obyektiga qarab: Tashqi va ichki diqqat; 3. Faoliyat turiga qarab: individual,guruhiy va jamoaviy diqqat; Ixtiyoriy diqqat- Ongli ravishda boshqariladigan maqsadga asoslangan holda tartibga solinadigan diqqat e’tibordir. Bu jarayonda irodaviy zo’r berish ro’y beradi.Ixtiyoriy diqqat- Ongli ravishda boshqariladigan maqsadga asoslangan holda tartibga solinadigan diqqat e’tibordir. Bu jarayonda irodaviy zo’r berish ro’y beradi. Ixtiyorsiz diqqat-Kishining tanlagan niyatlari va maqsadlaridan holi, mustaqil tarzda hosil bo’ladi, irodaviy zo’r berish kuzatilmaydi. Agar maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonining o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, bu ixtiyordan so’nggi diqqatdir. Download 17.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling