-
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari diqqatning ko’chuvchanligi va bo’linuvchanligidan iborat. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi.Diqqatning bo’linishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishni tushunamiz. Agar diqqatimiz bir narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalash(to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksincha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning
xususiyatlari
Ko’lami
Parishonxotirlik
Taqsimlanishi
Ko’chishi
Barqarorligi
Bo’linishi
Diqqat konsentratsiyasi- diqqatni obyektda jamlanganligi darajasi. -
Diqqat konsentratsiyasi- diqqatni obyektda jamlanganligi darajasi.
-
Diqqatning barqarorligi- diqqatning o’z obyektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishi, uzoq muddat chalg’imaslik xususiyati.
-
Diqqatning ko’lami- bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan obyektlarning miqdori.
-
Diqqatning taqsimlanishi- diqqatning bir vaqtning o’zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan iborat xususiyati.
-
Diqqatning ko’chuvchanligi- faoliyat jarayonida diqqatni ongli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko’chirilishi.
Diqqatning rivojlanishi bir necha bosqichda amalga oshadi: -
1) Bola hayotining birinchi hafta va oylarda mo’ljal olish refleksi namoyon bo’lib, u ixtiyorsiz diqqatni obyektiv tug’ma belgisi bo’lib, jamlanishi juda past darajada bo’ladi.
-
2) Birinchi yil oxiriga kelib mo’ljal olish-tadqiq etish faoliyati kuzatilib, ixtiyoriy diqqatni kelajakdagi rivojlanish vositasi hisoblanadi.
-
3)Bola hayotining ikkinchi yilida ixtiyoriy diqqat negizlari namoyon bo’ladi: kattalar ta’siri asosida bola diqqatni nomi aytilgan predmetga qaratadi.
-
4) Bola hayotining ikkinchi yili oxiri va uchinchi yilida ixtiyoriy diqqatning boshlang’ich shakli rivojlanadi. Bu yoshda bola ikki predmet yoki harakatga nisbatan diqqatni taqsimlay olmaydi.
-
5) 4,5-5 yoshda kattalarning murakkab ko’rsatmasi ta’sirida diqqatni yo’naltira olish qobilyati namoyon bo’ladi.
-
6)5-6 yoshda ixtiyoriy diqqatni elementar shakllari namoyon bo’ladi O’yin, predmetlar bilan manipulyatsiya, turli xatti-harakatlarni bajarishda diqqat turg’unligi uzoq saqlanadi.
-
7) 7 yoshda irodaviy diqqat rivojlanadi va takomillashadi.
-
8) Katta maktabgacha yoshda quyidagi o’zgarishlar kuzatiladi.
-
-Diqqatning hajmi kengayadi;
-
-Diqqat turg’unligi oshadi;
-
-Ixtiyoriy diqqat shakllanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |