Mavzu: Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda o’zgarishi. Reja: Diqqatning rivojlanishi


Download 30.31 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1582751
1   2   3
Bog'liq
1. BOBOQULOVA SH.

Tashqi omillar


Kattalar singari, bolalarda ham stress ularning shaxsiy resurslari atrof-muhitga etarlicha moslasha olmasa, ya'ni tashqi omillar bolaning moslashish qobiliyatidan oshib ketganda paydo bo'ladi.
Odatda, bola duch keladigan tashqi talablar, odatda, kattalar hayotida paydo bo'lishi mumkin bo'lganlarga qaraganda kamroq "stressli" bo'ladi, ammo bu haqiqat bola hech qachon stressni boshdan kechirmasligini kafolatlamaydi.
Bolaning ichki omillariga qarab, uning hissiyotlari va stress holatlarini keltirib chiqarish uchun uning kundalik hayotidagi muhim yoki tegishli o'zgarishlar etarli bo'lishi mumkin.
Xuddi shunday, yoshingiz ulg'aygan sari, o'zingizning qobiliyatingizdan kattaroq mas'uliyat, oilaviy inqirozlarga, ajrashishlar yoki ota-onangizdan ajralishga guvoh bo'lish ham stressni keltirib chiqaradigan omil bo'lishi mumkin.
Yaqin qarindoshi tomonidan og'ir kasallikdan o'lishi yoki azoblanishi, birodarning tug'ilishi, kasalxonaga yotqizilish davrlari, maktab sharoitidagi o'zgarishlar yoki do'stlari bilan muammolar kabi boshqa jihatlar ham bolani stress holatlariga duchor qilishi mumkin.
Bolalikdagi stress bilan kurashishda, stress omillarining turi va mohiyatini hisobga olishdan tashqari, "stressli" hodisalar sodir bo'lgan mamnuniyatni yodda tutish kerak.
Bolalar yoshroq bo'lganda, stress omillari oila va maktab sharoitlari bilan ko'proq bog'liqdir. Aksincha, o'spirinlik va o'spirinlik davrida tanadagi o'zgarishlarga, ota-onalar va do'stlar bilan munosabatlarning o'zgarishiga va romantik munosabatlarning boshlanishiga nisbatan ko'proq zaiflik mavjud.
Shu ma'noda biz 2002 yilda Mariya Viktoriya Trianes tomonidan taklif qilingan uchta asosiy stress sohasini sharhlaymiz.

Mavzu: Endemik buqoqning kelib chiqish shart-sharoitlari va muhitga bog’liqligi.


Reja:

  1. Bez faoliyatining pasayishi

  2. Xurmo va yong‘oq bo‘qoqning oldini oladimi

  3. Sogʻliqni saqlash vazirligi

Yod miqdori yetishmasligi turli qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasallikning yurtimiz hududidagi eng keng tarqalgan turi endemik bo‘qoq bo‘lib, asosan, yosh bolalar, o‘smirlar, homilador hamda emizikli ayollarda ko‘p uchraydi.


Bez faoliyatining pasayishi, yod miqdorining yetishmasligi quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:
1 Homiladorlikda og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi:

  • Homilada miya rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

  • Umuman, homila o‘sishi va rivojlanishida orqaga qolish;

  • Bola tashlash va bolaning muddatidan oldin tug‘ilishi;

  • O‘lik chaqloqning yoki aqliy va jismoniy jihatdan zaif, nogiron bolaning dunyoga kelishi…

2. Bolalarda o‘sish jarayonini kechikishi va aqliy qobiliyatni pasayishi;
3. Yurak-qon tomir kasalliklari;
4. Gipertoniya;
5. Gipotoniya;
6. Ateroskleroz;
7. Oshqozon-ichak kasalliklari;
8. Qabziyat va ich ketishi;
9. Asab tizimi faoliyati buzilishi;
10. Depressiya;
11. Jinsiy bezlar faoliyati susayishi;
12. Suyaklar rivojlanishinining pasayishi;
13. Past bo‘ylik va osteoporoz;
14. Ayrim holatlarda bu xastalik qalqonsimon bezda saraton bo‘lmagan va yoki saraton o‘simtalarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.
15. Hatto yod tanqisligining eng yengil shaklida ham mintaqa aholisining intelektual salohiyati 15-20 foizga kamayadi.
Yoshga nisbatan yodga bo‘lgan kunlik ehtiyoj miqdori qancha?

  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 50 mkg;

  • 2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 90 mkg;

  • 7-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 120 mkg;

  • 12 yoshdan kattalar uchun – 150 mkg;

  • Homilador va emizikli ayollar uchun – 200 mkg.

Xastalikning oldini olish va davolash:
1. Endemik bo‘qoqning oldini olish hamda davolashning eng samarali, eng oson va arzon usuli – bu yodlangan osh tuzi iste’moli;
2. Yod preparatlaridan iste’mol qilib borish (shifokor tekshiruvidan so‘ng);
3. Yod miqdori okean baliqlarida juda yuqori. Yod tanqisligiga qarshi kurashish uchun Tinch okeani mahsulotlarining konserva ko‘rinishidan yeb turish lozim. Biroq ilmiy tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, Amudaryo va Sirdaryo suv havzalaridan tutilib iste’mol qilinadigan baliqlarda yod miqdori juda kam.
Xurmo va yong‘oq bo‘qoqning oldini oladimi?
100 gramm xurmoda atigi 2,8 mkg, yong‘oqda esa 4,6 mkg yod borligi ma’lum bo‘lgan. Yod kam mintaqada yashaganligimiz tufayli yurtimizda yetishtiriladigan meva, sabzavot, dukkakli ekinlar, suv va tuproq tarkibida ham bu modda kam bo‘lib, organizmning yodga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bergan maʼlumotlarga koʻra, Yer yuzi boʻyicha 665 milliondan ortiq odam endemik boʻqoq va qalqonsimon bezning boshqa kasalliklaridan aziyat chekmoqda. 1,5 milliard inson esa yod tanqisligi xastaliklari rivojlanish xavfiga ega. Ushbu kasalliklar orasida buqoq keyingi yillarda dunyoning aksariyat mamlakatlari, shu qatorda Oʻzbekiston uchun ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
- Xoʻsh, ushbu xastalikning paydo boʻlishiga qanday omillar sabab boʻladi?
-Uning salomatlikka xavfi nimada?
Shu va shu kabi savollar bilan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi Feruza Xaydarovaga murojaat qildi.
— Buqoq qanday xastalik?
— Inson boʻynining old qismida shaklan kapalakni yodga soluvchi qalqonsimon bez joylashgan boʻlib, ushbu tana aʼzosi asab tizimi faoliyati, ovqat hazm qilish, suyak toʻqimalari va moddalar almashinuvida muhim oʻrin tutadi.
Qalqonsimon bez oʻzidan 3 xil gormon ajratib, ular tananing normal oʻsishi, yetilishi, rivojlanishini taʼminlaydi, oshqozon-ichak kabi organlarning bir meʼyorda ishlashiga koʻmak beradi. Agar ularning qaysi birini sintez qilish jarayonida muammolar kuzatilsa, bu oʻz-oʻzidan inson tanasida jiddiy kasalliklarga yoʻl ochadi.
Buqoq ushbu bezning kattalashishi hisoblanib, (normal holatda qalqonsimon bezning vazni 20-30 gramm) kasallik asosan yod yetishmasligi sababli yuzaga keladi. Yod tanqisligiga esa insonning turmush-tarzi, ovqatlanishi, stress, ekologik vaziyat va yana bir qancha omillar sabab boʻlishi mumkin.
Inson tanasida yod tanqisligi kuzatilganda, qalqonsimon bez hujayralarga kam miqdorda yod yuboradi. Buning oqibatida esa gormonlar sintezi kamayadi va organizm bu jarayonni bir maromga keltirish uchun bosh miya gipofizi orqali taʼsir oʻtkazadi. Natijada qalqonsimon bez kattalashib, buqoq kasalligi rivojlanadi.
Surunkali yod yetishmasligi va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi zehnning susayishi, depressiya, teri qurishi, soch toʻkilishi, qabziyat, ich ketishlar, bepushtlik, jinsiy faoliyatning susayishi, suyak rivojlanishining oʻzgarishi, past boʻylik va osteporoz, gipertoniya va ateroskleroz kabi xastaliklarga sabab boʻladi.
— Buqoq kasalligining turlari haqida aytib oʻtsangiz.
— Tibbiyotda buqoqning asosan, endemik va sporadik turlari mavjud. Jumladan, endemik buqoq qalqonsimon bezning jadal kattalashishi bilan xarakterlanib, ushbu xastalik koʻpincha atrof-muhitda yod yetishmasligi, okean va dengizlardan uzoqda joylashgan (Oʻzbekiston shular jumlasidan) hududlarda koʻp uchraydi. Endemik buqoqning diffuz, tugunli va aralash turlari mavjud.
— Kasallikning asosiy belgilari qanday?
— Buqoqning ilk bosqichlarida uning eng kichik belgilari ham sezilmaydi. Biroq keyinchalik boʻyinning oldi qismi boʻrtib chiqadi. Natijada kattalashgan qalqonsimon bez asab va qon tomirlarini ezib qoʻyadi. Bu orqali bemorda nafas qisilishi, ovozning birdaniga oʻzgarib qolishi va xirillashi, boʻgʻilishlar, koʻp terlash, yutinishdagi qiyinchiliklar, bosh aylanishi kabi salbiy holatlar kuzatiladi.
Shu bilan birga, asab tizimida buzilishlar sodir boʻladi, kayfiyat tez-tez oʻzgaradi, tanadagi barcha jarayonlar sekinlashadi, ayniqsa, oshqozon-ichak faoliyati buziladi.
Afsuski, koʻpchilik insonlar oʻzlarida bu kasallik rivojlanayotganiga jiddiy eʼtibor bermaydi. Biroq mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki, bu xastalikka beparvo boʻlish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Mutaxassis bilan suhbatni Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati olib bordi.
Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling