Mavzu: direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja
Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta’lim- tarbiya ishlariga rahbarlik qilish
Download 38.1 Kb.
|
DIREKTOR-MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI RAHBARI Odina
2.2. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta’lim- tarbiya ishlariga rahbarlik qilish
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ustavida belgilanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri lavozimining malaka tavsiflari lavozim vazifalari: a) maktabgacha ta’lim tashkiloti umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish; b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish; v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish; g) bolalarni boshlang'ich sinfda o'qitishga tayyorlash bo'yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish; d) bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash; e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish; j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash; z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini amalga oshirish; y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlashni ta'minlash; k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) qo'yishni ta'minlash, ularning ishlashi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish; 1) byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritish; m) ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini bajarish; n) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish. Bilishi lozim: a) O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida'gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'’gi qonunlarini; b) maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini; v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini; d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini; Malaka talablari: a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik; b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji. Jamoadagi to'g'ri, o'zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi. Rahbarlik mavqeyi mudira o'z g'oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida turgan vazifalarni bilishga, o'z bilimlaridan amaliy faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik instruktiv, me'yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yutuq va kamchiliklar ini darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri Maktabgacha ta'limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma'lumotga va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim tashkiloti kengashining faollari ishtirokida ma'muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim tashkiloti manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi. Mudira - ma'naviy, siyosiy huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong ma'rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo'lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko'ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo'lishi kerak. Xulosa "Xulosa qilib aytish mumkinki, MTTga mamuriy rahbarlik qilish va ularni boshqarishda samaradorlikka erishish muhim masalalardan biri hisoblanad. Shu boisdan har bir tashkilotda boshqarish muammosi bor. Bu muammolarni hal etish uchun zamonaviy yetakchi kadrlarga bo‘lgan talablar ham bugungi kuda yo‘q emas. Yosh yetakchi rahbarlarni izlab topish va ularni rag‘batlantirib borish bugungi kun talabi hisoblanadi. Mamlakatning umumiy taraqqiyoti individual komillikning yig‘indisi, ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Xalqimiz mentalitetiga xos bo‘lgan ana shu o‘ziga xoslik, ya'ni jamoaga qarab fikrlash, qaror qilishdan iborat mazkur tamoyildan kelib chiqib, yoshlarda boshqaruvchilik qobiliyatini shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. MTT sohasimi, yoki boshqa tashkilotning rahbari har qanday yoshda ham kuchli, yengilmas va irodali shaxs bo‘lishi kerak. Biroq, yosh yetakchilar o‘zlariga yuklangan barcha mas'uliyatni tushunmaydilar. Ma'lumki, yosh yetakchilar o‘zlariga juda ham ishongan bo‘ladilar. Biroq, ularda tajriba yetarli bo‘lmaydi. Katta yoshdagi yetakchi yetarlicha tajribaga ega bo‘lgani bois o‘zi va jamoani boshqarishni, qayerda va qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Ammo yosh yetakchi boshqalardan o‘rganadi, o‘z maqsadiga qanday erishishni tasavvur eta oladi. Maktabgacha sohasini rivojlantirishda ijtimoiy boshqaruv mexanizmalarini tahlil etishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg‘otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini va bozor ko‘nikmalarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli sohalarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiquvchilar bo‘lib yetishadilar. Shu boisdan boshqaruv san’atini o‘rganishni keng yo‘lga qo‘yish davr talabi hisoblanadi. Download 38.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling