Mavzu: diversifikatsiyalangan portfelni matrisa taxlilidan foydalanib baholash uslubiyoti
Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash
Download 96.54 Kb.
|
Mavzu diversifikatsiyalangan portfelni matrisa taxlilidan foyda-www.hozir.org
Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash
Diversifikatsiyalangan kompaniya faoliyati turlari sifatini baholashning eng keng tarqalgan usullaridan biri uning xo‘jalik portfelini matritsali tahlil qilish xisoblanadi. Xo‘jalik portfeli matritsasi diversifikatsiyalangan kompaniyani xar bir tarkibiy birligining strategik pozitsiyalari taqqoslangan jadval ko‘rinishida bo‘ladi. Matritsa, strategik tahlil pozitsiyalarni tavsiflovchi xar qanday ikkita ko‘rsatkich asosida to‘zilishi mumkin. Eng axamiyatli ko‘rsatkichlar bo‘lib, tarmoqning o‘sish sur’atlari, biror ulushi, tarmoqning o‘zoq muddatli jozibaliligi, raqobatbardoshlik va u yoki bu mahsulot va bozorning rivojlanish bosqichi kabilar xisoblanadilar. Odatda matritsaning bir chizig’i tarmoqning jozibaliligini ko‘rsatsa, boshqasi undagi aniq faoliyat turlarining axvolini ko‘rsatadi. Xo‘jalik portfeli matritsalarining quyidagi xillari eng ko‘p qo‘llaniladi: « o‘sish / o‘lush» matritsasi; «tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi axvoli» matritsasi; tarmoqning xayotiy tsikli matritsasi; Mak Kinsey matritsasi. Eng keng qullaniladigan birinchi matritsa - ishbop faollik portfeli matritsasi turtta kvadrantdan iborat bo‘lib, yetakchi konsalting kompaniyasi «Boston Konsalting Group» (BKG 12-rasm) tomonidan ishlab chiqilgan. O‘q chiziqlarda tarmoqning o‘sish sur’atlari va bozorning nisbiy ulushi qayd qilinadi. Xar bir xo‘jalik qismi doira shaklida ifodalangan bo‘lib, uning xajmi korporatsiyaning barcha turdagi faoliyatidan olingan umumiy foydasida mazkur qism foydasining ulushi bilan belgilanadi. Mazkur xo‘jalik birligi bozor ulushini dollarda emas, nisbiy birlikda ifodalangan va asosiy raqobatchining nazoratidagi bozor ulushiga bo‘lgan nisbati bozorning nisbiy ulushi xisoblanadi. Masalan, agar «A» biznes bozorning umumiy xajmini 15 % ni egallagan bo‘lsa, yirik biznes «V» ning ulushi 30 % bo‘lsa unda «A» biznesning bozordagi nisbiy ulushi 0,5 foizni tashkil etadi. Agar, «A» biznes bozorda eng katta - 40 % ulushga ega bo‘lib, asosiy raqobatchi 30 % ulushga ega bo‘lsa, unda «V» biznes uchun bozorning nisbiy ulushi 1,33 ga teng bo‘ladi. SHunday qilib, faqatgina mos sohalarda bozor ulushi bo‘yicha ilg’or bo‘lgan tarmoqlarda bozorning nisbiy ulushi 10 dan yuqori bo‘ladi va aksincha ulardan ustun xisoblangan bitta yoki bir nechta raqobatchilarga bo‘lgan qismlarda 1,0 dan past bo‘ladi. So‘rov belgilari yoki murakkab bolalar Yulduzlar Download 96.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling