Mavzu: Doimiy tishlovdagi frontal guruh tishlarining tuzulishi


Download 193.96 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2023
Hajmi193.96 Kb.
#1279147
  1   2   3   4   5
Bog'liq
REFERAT


Mavzu:Doimiy tishlovdagi frontal guruh tishlarining tuzulishi
Tishlarning rivojlanishi uch bosqichdan iborat:
1.Tish kurtaklarining bunyod bo'lishi;
2.Tish kurtaklarining takomillashishi;
3.Tish to'qimalarining gistogenezi.
Embrion rivojlanishining 6-8-haftasida og'iz bo'shlig'i epiteliysi o'zining ostida yotgan mezenximaga ikkita epitelial plastinka hosil qilib botib kiradi.Oldingi epitelial plastinkadan og'izning dahliz qismi hosil bo'ladi.Tishplastinkasining ichki yuzasidan emal a'zolarini hosil qiluvchi epiteliy to'plamlari tish kurtaklari (dermen dentis) paydo bo'la boshlaydi. Tish kurtaklarining ostidan mezenxima o'sa boshlaydi va epitelial tish a'zogakirib borib tish so'rg'ichini (papilla dentis) hosil qiladi. Buning natijasida qalpoqcha shaklidagi emal a'zosi (organum enamelum) hosil bo'ladi.Keyinchalik emal a'zosi asta-sekin tish plastinkasidan ajraladi. Emalning epitelial hujayralari 3 ta hujayralar qatlamiga bo'linadi:
1.Ichki;
2.Tashqi;
3.Oraliq

Doimiy tishlar (dentes permanentes) soni 28-32 ta, doimiy prikusda kesuv, qoziq, premolar va molar tishlar mavjud. Anatomik formula 2123.


Klinik formula:
8 7 6 5 4 3 2 1 I 1 2 3 4 5 6 7 8
VOZ bo'yicha tishlarning klinik formulasi indekslar yordamida ifoda etiladi:
Sut tishlari: 55 54 53 52 51I61 62 63 64 65
85 84 83 82 81I71 72 73 74 75
Doimiy tishlar:
18 17 16 15 14 13 12 11I2122 23 24 25 26 27 28
48 47 46 45 44 43 42 41I31 32 33 34 35 36 37 38
Tishlar 3 qismdan iborat:
-Toji (corona dentis)
-Bo'yni (collum dentis)
-Ildizi (radix dentis)
Tish toji 5 yuzaga bo'linadi:
-Vertibular;
-Oral;
-2 ta kontakt (medial- lateral (distal)) Kesuv yoki chaynov.;
Tish bo'shlig'i ikki: toj va ildiz qismlarga bo'linadi.
Tishbo'shlig'i turli konfiguratsiyada bo'lishi mumkin:
1-tip - ildizda 1 kanal, 1 apikal teshik.
2-tip - ildizda 2 kanal, 2 apikal teshik.
3-tip - ildizda 3 kanal, 3 apikal teshik

Download 193.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling