Mavzu: Doimiy tishlovdagi frontal guruh tishlarining tuzulishi
Yuqori jag'ning markaziy kurak tishi
Download 193.96 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori jagning qoziq tishi
Yuqori jag'ning markaziy kurak tishi
Yuqori jag'ning markaziy kurak tishlari barcha kurak tishlardan eng kattasi hisoblanadi. Dahliz va til yuzalari kesuv qirrada qo' shilib, endigina yorib chiqqan tishlarda 3 do'mboqcha hosil qiladi, keyinchalik tekislanib ketadi. Dahliz yuzasi biroz bo'rtib chiqqan,unda ikkita bilinar-bilinmas egatlar joylashgan bolib, ular tojning markazidan boshlanib, kesuv qirraning do'mboqlar oralig'iga kelib tugaydi. Til yuzalari uchburchak va biroz qabariq. Tojning chetlarida bilinmas valiglar kuzatiladi.Ular tishning bo'yin qismida qo'shilib, do'mboqcha hosil qiladi.Do'mboqchaning hajmi ancha katta bo'lganda, valiglarqo'shilganjoyida chuqurcha paydo bo'ladi.Ildiz konus shakligaega, kesimdauchburchakni eslatadi. Ildizningo'rtasi va yon tomonlarida bo'yiama egatlari bor. Ildiz orqa-yon tomonga egilgan.Toj burchagi va egriligi belgilari aniqlanadi. O'rtacha nzunligi 25 mm (22,5-27,5 mm), lta to'g'ri ildizi, 1 kanali bor. Eng ko'p kengayishi bo'yin sohasida, tishning o'qi kesuv qirra bo'ylab o'tadi. Tish bo'shlig'ining shakli tish shaklini eslatadi. Yuqori premolyarlarning birinchisida 72% - 2 ildiz, 2 kanal bor, ikkinchi premolyarda 24% 2ta ildiz, 2 kanali bor. Yuqori molyarlarda 3ta ildiz, 3 kanal, pastkilarida 2 ta ildiz, 3 ta kanal mavjud.Deltasimon shoxlanishlar 50-93% uchraydi Yuqori jag'ning yon kurak tishlari markaziy kurak tishlarga nisbatan kichikroq bo'ladi .Tishning dahliz yuzasi bo'rtib chiqqan, kesuv qirrasiga o'tishda burchak hosil qiladi, lateral burchak yumaloqlashgan.Til yuzasi qabariq uchburchak shakliga ega, yon valiglari yaxshi rivojlangan. Ular bo'yin sohasida qo'shilib, do'mboq va chuqurcha hosil bo'ladi. Ildiz ikki tomondan siqilgan bo'lib, kesimda oval shaklga ega.Toj burchagi va egriligi belgilari yaxshi namoyon bo'ladi. O'rtacha uzunligi 23 mm (21-25 mm), lta ildiz, 1 kanali bor. Ko'p hollarda ildizning distal egriligi bor. Bo'shliq tanglay tomondan ko'r chuqurchadan ochiladi.Tish gumbazida 3ta chuqurlik kuzatiladi Yuqori jag'ning qoziq tishi Yuqori jag'ning qoziq tishi konus shakliga ega bo'lib, bir ildizli tishlarichida eng yirigi hisoblanadi. Kesuv qin-asi to'g'ri bo'lmasdan, burchak ostidatutashgan ikkita qirradan tuzilgan. Qirralar tutashgan joyida do'mboq hosil bo'ladi.Ikkita qirralaridan mediali lateralga nisbatan kaltaroq bo'ladi.Lab yuzasi bo'rtib chiqqan, til yuzasi esa qabariq, botib kirgan yuzalari chuqurcha hosil qiladi.Bo'yin sohasida do'mboqcha kuzatiladi.Kontakt yuzalari uchburchak shaklida.ildizi bitta konus shaklida, ikki yon tomonlaridan siqilgan. O'rtacha uzunligi 27 mm (24-29,7 mm). Eng uzun tish hisoblanadi, lta ildiz, 1 kanali bor, 89% ildizi to'g'ri. Tish bo'shlig'i tanglay tomondan ochiladi: trepanatsiyaning dastlabki bosqichida borni tishga nisbatan perpendikular joylashtirish kerak. Tish bo'shlig'i ochilgandan so'ng bor vertikal yo'nalgan bo'lishi kerak. Download 193.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling